I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/249
Sana20.05.2024
Hajmi7,8 Mb.
#246687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA
UNING VAZIFALARI
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi
Hozirda 29-avgust 1997-yili qabul qilingan “0 ‘zbekiston Res- 
publikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘- 
risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib, milliy xavfsizlik 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda 
0 ‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hoki- 
miyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining 
xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil 
etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:
- iqtisodiy xavfsizlik;
- ichki siyosiy xavfsizlik;
- ijtimoiy xavfsizlik;
- ma’naviy xavfsizlik;
- xalqaro xavfsizlik;
- axborot xavfsizligi;
- harbiy xavfsizlik;
- chegaraviy xavfsizlik;
- ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy xavfsizlik -
shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy 
sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi 
tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy xavfsizlikka binoan xalq 
o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini tashqaridan 
aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Ichki siyosiy xavfsizlik -
hokimiyat institutlarining barqarorligi 
va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlami 
nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga 
erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, samarali 
faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institutlaming mavjudligi bilan


xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan siyosiy muno- 
sabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning omma- 
viy tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik 
bo‘lmaydi. Fuqarolaming siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy 
madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy rivojiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik -
shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim 
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. 
Ijtimoiy xavfsizlikning obyekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomo- 
nidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini 
ta’minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy 
rivojlanish strategiyasi, ulaming uzoqligiga, kambag‘allik dara- 
jasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va 
sog‘liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning 
umumiy darajasiga va nihoyat, demografik muammolariga ta’siri 
ma’lum.
M a ’naviy xavfsizlik -
bugungi kunda inson ma’naviyatiga 
qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan 
kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan 
kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekia zararini hech narsa bilan 
qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, 
ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va 
zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak 
bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha 
ming yillik an’ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy 
negizlariga bepisandlik, ulami qo‘porishga qaratilgan xatarli 
tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda 
axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy 
qadriyatlami mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq 
holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va 
yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda 
bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi 
kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik -
xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro 
xavfsizlik 
deganda 
dunyo 
hamjamiyatining 
barqarorligini 
ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha 
aytganda, xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar subyektlariga


urush xavfi yoki suveren hayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan 
boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan, 
hozirda xalqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida 
Xavfsizlik Kengashi belgilangan. Faqat aynan ushbu Kengash 
agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash huquqiga ega.
Axborot xavfsizligi -
mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik 
subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy 
sirga ega maxsus ma’lumotlaming ishonchli himoyalanganligi 
holati.
Harbiy xavfsizlik -
harbiy siyosat 0 ‘zbekiston Respublikasi 
harbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. 
Harbiy doktrina - 0 ‘zbekiston Respublikasining harbiy xavfsiz- 
ligining harbiy-siyosiy, harbiy-strategik va harbiy-iqtisodiy asosla- 
rini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. Harbiy doktrinaning hu- 
quqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar 
hamda harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi 0 ‘zbekiston Res- 
publikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasining harbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli 
Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik -
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat 
chegarasi va chegara oldi hududlarining himoyalanganlik holati. 
Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda 
muhim tashkil etuvchilaridan bin hisoblanadi, chunki davlat 
barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘- 
langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi 
va chegara oldi hududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga 
asoslangan.
Ekologik xavfsizlik.
Sivilizatsiyaning atrof - muhitga faol ta’si- 
ri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu 
salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan 
va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydala- 
nilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.



Download 7,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA

Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish