bog‘liq. Subyektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan
so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.
Avtorizatsiya
(Authorization) - subektga tizimda ma’lum va-
kolat va resurslami berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya subyekt ha-
rakati doirasini va u foydalanadigan resurslami belgilaydi. Agar ti
zim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan
ishonchli ajrata olmasa, bu tizimda axborotning konfidensialligi va
yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya
muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi
uzviy bog‘langan.
M a ’murlash
(Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi
harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishi-
ni qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtayi nazaridan
tarmoqdagi xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish, tahlillash va ularga
mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir.
Ma’lumotlami uzatish kanallarini himoyalashda