97
8.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida
kadrlar
siyosatining xususiyatlarini aytib bering.
9.
Kadrlar siyosati va kadrlar xizmatining xodimlar miqdori
bilan bog‘liq jihatlari nimalardan iborat?
10.
Korxonada kasb malakasini oshirish,
yangi kasbga
o‘rgatish va xodimlarning professional mahoratini oshirishda
ta’lim sohasining o‘rnini aytib bering.
98
IV BOB. KADRLAR XIZMATINING KORXONA
KADRLAR SIYOSATIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
4.1. Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga talablar
Kadrlar xizmati boshqaruvchisiga korxonada personal bilan
ish olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir. Ishlab chiqarishda inson
omilining ortishi, hozirgi bozor sharoitida raqobatning kuchayishi,
moliyaviy muvaffaqiyatga erishish zarurati
personalni boshqarish
xizmatlari roli va ahamiyatini kuchaytirib yubordi.
Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya va firmalar
bugungi kunda innovatsiya strategiyalari, yangi mahsulot turlari,
tashkiliy tuzilmalar yaratish bilan
inson resurslarini boshqarish,
mehnat salohiyatini rivojlantirish uslublari o‘rtasidagi mavjud
uzilishlarni bartaraf etishga eng asosiy masala sifatida qaral-
moqdalar. Muammoni ijobiy hal etish ko‘p jihatdan personalni
boshqarish xizmatiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar an’anaviy kadrlar
bo‘limlarining funksiyalari yo‘q bo‘lib ketadi, degan ma’noni
bermaydi. Ishga qabul qilish, kadrlarni tayyorlash, ish haqi,
ijtimoiy imtiyozlarni taqsimlash
masalalari bundan buyon ham
personalni boshqarish xizmati funksiyalarida asosiy o‘rinlarni
egallashi aniq. Shu bilan bir qatorda bu funksiyalarni amalga
oshirish shakl va uslublarida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish ham
hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Kadrlar xizmatlari jahondagi yetakchi kompaniyalar va
firmalarda korxonaning asosiy bo‘linmasi hisoblanadi. Ama-
liyotda ular zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor
xodimlar bilan ta’minlash;
- personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish;
- personal barcha toifalarining o‘z
mehnatidan qoniqish hosil
qilish darajasini oshirish;
99
- personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini
rivojlantirish va yuksak darajada ushlab turish;
- qulay ma’naviy muhitni saqlash;
- xodimlar va rahbariyat uchun o‘zaro foyda keltirishini
ko‘zlagan holda personalni korxona ichida almashinuvlarini
boshqarish;
- karerani rejalashtirish;
- personal
ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma
innovatsiya rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
- personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini
attestatsiyadan o‘tkazish uslublarini takomillashtirish.