S xolmuratov korxonada kadrlar




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/91
Sana10.06.2024
Hajmi1,64 Mb.
#262262
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

Ka
d
rla
r zaxz
ira
si 
b
ila
n ish ol
ib
 bo
ri
sh
 
Bo‘linmalarda nazoratni amalga oshirish 
Kadrlar tayyorlash bo‘limlarida nazoratni amalga oshirish 
Korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat 
Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari 
huzurida ko‘rib chiqish
Rahbar kadrlarga ehtiyojni 
aniqlash 
Ishchi kadrlar zaxirasini 
tayyorlash ustidan nazorat 
Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni о‘rganish 
Rahbarlik lavozimlari yangi rо‘yxatini tuzish 
Kadrlar tarkibi va ularning joy-joyiga qо‘yilishi tahlili 
Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili 
Rahbar kadrlar zaxirasining 
lavozimga tayinlash uchun 
tayyorlash 
Bo‘linmada har bir lavozim bo‘yicha kadrlar zaxirasining tayyorligi darajasini 
aniqlash va kadrlar bo‘limiga takliflar kiritish 
Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo‘limi va kadrlarni tayyorlash bo‘limida taxlil 
etish hamda korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari huzurida ko‘ri 
chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash 
Taqdim etilgan hujjatlarni korxona rahbarining personal bo‘yicha o‘rinbosari 
huzurida ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash 
Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko‘rib chiqish va lavozimga tayyorlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish
tahlil 


114 
1.
Nomzodlarni rivojlantirish. Bu rejalantirilgan tadbirlar – 
nazariy va amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni 
takomillashtirish aniq vazifalarini bajarishdir. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
-
mashq (trening) larda ishtirok etish; 
-
malaka oshirish kurslarida o‘qish; 
-
seminar, konferensiya va kongresslarda ishtirok etish; 
-
stajirovkalar (o‘quv markazlari, ishlab chiqarishni 
boshqarishning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan korxonalar, Shu 
jumladan chet el kompaniya va firmalarida); 
-
tavsiya etilayotgan lavozimda (asosiy rahbar yo‘q vaqtida) 
stajirovka; 
-
xizmat vazifalari rotatsiyasi; 
-
mehnat faoliyatining gorizontal kengayishi (o‘zaro 
bog‘liq, doirasi kengaytirilgan vazifalarni bir darajada bajarish); 
-
mehnat faoliyatining vertikal kengaytirilishi (xizmat 
vazifalariga egallab turgan lavozimidan yuqori darajadagi 
mansablarda ko‘zda tutilgan vazifalarni ham kiritish); 
-
ishlab chiqarish ayrim amaliy masalalarini, korxona va 
uning bo‘linmalari faoliyati tajribasini, yuzaga chiqqan 
muammolar kelib chiqishi sabablarini o‘rganishga hamda bular 
xususida asoslangan xulosa va tavsiyalar tayyorlashga jalb etish; 
-
o‘z korxonasi hamda boshqa kompaniya va firmalar ishlab 
chiqarish o‘quvlarida o‘qituvchi sifatida ishtirok etish; 
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning 
bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus 
tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda 
rivojlantirishdir. (1-rasm). 
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun 
eng avvalo quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi: 
-
zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash; 
-
zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash; 
-
zaxiraga kiritish mezonlarini belgilash; 
-
zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash 
tizimini ishlab chiqish; 


115 
-
zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini 
belgilash; 
- personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish 
olib borish yuzasidan vazifalari. 
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning 
kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal 
ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodim-
larni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega. 
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir: 
-
zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki 
o‘rganish va baholash; 
-
zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash; 
-
zaxira tarkibiga kiritish; 
-
zaxirani tayyorlashni tashkil etish; 
-
zaxira tayyorlashni baholash. 
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita 
ro‘yxat tuziladi: 
-
kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy 
ro‘yxati; 
-
aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy 
ro‘yxati. 
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan 
qaysilarini o‘qitish darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini 
hamda kelajakda undan rahbarlik lavozimida foydalanishni 
hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning qaysi 
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim. 
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzod-
larni shakllantirishda esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash 
kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘l-
jallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan 
xodimni yangi vazifaga ko‘niktirish yanada murakkabroqdir. 
Chunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki 
korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va 
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar. Shuning uchun 
personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi 


116 
doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish maxsus dasturlarini ham 
ishlab chiqishlari talab etiladi.

Download 1,64 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish