• Kadrlar siyosati
  • Korxonaning kadrlar xizmati
  • Korxonaning kadrlar salohiyati
  • Yopiq uslubdagi kadrlar siyosati




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/91
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #262262
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
    Bog'liq
    Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

    Yopiq uslubdagi kadrlar siyosati
    – yangi xodimlarni quyi 
    bo‘g‘indagi rasmiy xodimlar hisobiga qabul qilishga qaratilgan 
    kadrlar siyosati.
    Kadrlar 
    – korxona bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan 
    xodimlar va mustaqil xodimlarning umumiy tarkibi hisoblanadi. 
    Kadrlar malaka, kasbiy mahorat, tajribaga ega hamda professional 
    ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi, 
    vazifalarini yuqori sifatda bajarishga layoqatli xodimlardir. Ushbu 
    kitobda “xodimlar” atamasi va “personal” tushunchasi maz-
    munan bir xil ma’noni anglatadi. 
    Kadrlar siyosati
    - keng ma’noda korxona rahbariyati va 
    mehnat jamoasi uchun ishlab chiqarish texnologiyasi, ijtimoiy 
    mehnat ko‘rsatkichlari va korxonaning rivojlanish strategiyasiga 
    muvofiq tarzda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qarashlar, prinsip 
    va me’yorlar majmuidir. Tor ma’noda – mehnat jamoasining 
    barcha bo‘g‘inlarida korxonadagi ish jarayoni davomida
    xodimlarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi 
    xatti-harakati va mas’uliyatini belgilovchi qoida hisoblanadi. 


    172 
    Korxonaning kadrlar xizmati
    - korxona tarkibidagi kadrlar 
    siyosati strategiyasiga muvofiq personalni ishga qabul qilish va 
    ozod etish, ularning kasbiy-malakaviy talablarini nazorat qilish 
    vazifalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan bo‘linma hisoblanadi. 
    Korxonaning kadrlar salohiyati
    – korxona xodimlari o‘z 
    lavozim vazifalarini yuqori saviyada bajarishlari bilan bog‘liq
    tashkiliy, malakaviy imkoniyatlar; korxonaning uzoq muddatli 
    rivojlanish maqsadlariga erishishda xodimlarning miqdor va sifat 
    holati tavsifi; xodimlarning joriy mavjud va istiqbolli davrda 
    egallanuvchi salohiyatlari integral tizim bo‘lib, ma’lum bir vaqtda 
    foydalanilishi talab etiladi. Xodimlarning salohiyati korxona 
    mehnat salohiyatining muhim qismi hisoblanadi. 
    Karyera – xodimning lavozimda yoki kasbiy-malakaviy darajasi 
    o‘sishi. Mehnat jarayonida insonning faolligini ifodalovchi holati va 
    xatti-harakatining ongli dinamikasi natijasi hamdir. 

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish