• Personal salohiyati
  • Professional standart
  • Yetakchi kadrlar zaxirasi
  • Korxonaning kadrlar siyosati kengashi
  • S xolmuratov korxonada kadrlar




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/91
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #262262
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91
    Bog'liq
    Korxonada kadrlar siyosati (www.e-library.sammu.uz)

    Personalni baholash
    – korxona xodimlarining mehnat 
    samaradorligini aniqlash hamda tashkiliy va lavozim vazifalarini 
    bajarishlarini baholash jarayoni. 
    Passiv uslubdagi kadrlar siyosati
    - korxona rahbariyati 
    tomonidan xodimlarga nisbatan aniq belgilangan tadbirlar dasturi 
    mavjud bo‘lmagan sharoitdagi kadrlar siyosati 
    Personal salohiyati
    – xodimlarning professional darajasini 
    belgilovchi ko‘rsatkichlar, jamoa oldida joriy vaqt va istiqboldagi 
    muammolarni hal qilish imkoniyatlari. Xodimlarning ta’lim va 
    kasb-hunar ko‘nikmalarini, shaxsi, yoshi va jinsiga doir jismoniy 
    rivojlanish xususiyatlarini ifodalovchi mezon. 
    Professional standart
    - korxonada insonning salohiyatini 
    boshqarish uchun kerakli miqdordagi bilim va malaka, ish uslublari, 
    ko‘nikma, qobiliyat, mayl, mehnat bilan bandlik darajasining 
    me’yoriy talablari. 
    Reaktiv uslubdagi kadrlar siyosati
    - kadrlar siyosatining bir 
    turi hisoblanib, xodimlarning mehnat jarayonida salbiy holatlarga 
    yo‘l qo‘ymasliklari uchun kuchli nazorat mexanizmi va ijtimoiy-
    mehnat munosabatlarida yuzaga keluvchi muammolarning oldini 
    olish maqsadida belgilangan korxona rahbarlarining maqsadli 
    tadbirlari. 
    Yetakchi kadrlar zaxirasi
    - korxonada yuqori professional 
    darajadagi fazilatlar va yuqori madaniyat, innovatsion sohalar 
    bilimlariga ega hamda yuqori lavozimni egallashga tayyor xodimlar. 


    174 
    Rotatsiya 
    – xodimlarni ishlab chiqarish sharoiti talab qilgan 
    paytda gorizontal va vertikal tuzilmada malakasiga taalluqli yangi 
    lavozimga 
    qo‘shimcha moddiy va ma’naviy qo‘shimcha 
    rag‘batlantirish tariqasida qayta tayinlash uslubi. 
    Korxonaning kadrlar siyosati kengashi 
    - korxona jamoa-
    sining kadrlar masalalari bo‘yicha turli bo‘linmalar darajasidagi 
    rahbarlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maslahat organi. 

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   91




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish