1.2-§. Akademik litseylar informatika o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob bera oladigan, bolalarga ta‟lim –tarbiya berish ishi bilan shug„ullanadigan, bu ishga maxsus tayyorlangan shaxslarning mehnat faoliyatidir. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o„quv jarayonida qo„llashga bo„lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo„lishining sabab - laridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o„rgatilgan bo„lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o„zlari qidirib topishlariga, mustaqil o„rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni o„zlari keltirib chiqarishlariga o„rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo„naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o„quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o„qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o„rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo„lishlarini ta`minlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o„qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o„zgarishlar kiritish bo„lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to„liq foydalaniladi.
Interaktiv metodlar - bu jamoa bo„lib fikrlashdan iborat deb yuriti -ladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo„lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o„ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko„rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ularga quyidagilar kiradi:
talabaning dars davomida befarq bo„lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
talabalarni o„quv jarayonida bilimga bo„lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo„lishini ta`minlashi;
talabaning bilimga bo„lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab nafaqat unga didaktik qurilmasiga, balki pedagogning ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Pedagogning innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‟liq. Unga pedagogning tayinli muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan munosabati, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida pedagog o„z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo„ladi.
Pedagog faoliyatida o„z-o„zini faollashtirish, o„z ijodkorligi, o„z-o„zini bilishi va yaratuvchiligi motivlari ahamiyat kasb etadi, bu esa pedagog shaxsining kreativligining faolligini shakllantirish imkonini beradi.
Pedagogning innovatsion faoliyati - o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
O„qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi muayyan me‟yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me‟yorlarga yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me‟yori sifatida, o„zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo„llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko„ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub`ektiv darajalarini farqlaydilar. Bunda o„qituvchining innovatsion faoliyati o„z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsep -tsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, sama -radorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
Shuni alohida qayd etib o„tish joizki, texnologik yoshdoshuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta`lim va tarbiya jarayonini yo„lga qo„yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog‟liq. Bo„lajak informatika o„qituvchisi o„sib kelayotgan avlodning umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o„qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
Informatika fanini o„qitish quyidagi maqsadni ko„zda tutadi:
bo„lajak o„qituvchilarni informatika fanini ijodiy o„qitish va o„zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo„llash bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalari bilan qurollantirish;
bo„lajak o„qituvchilarni informatika sohasi bo„yicha turli-tuman
shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o„tkazishga tayyorlash; bo„lajak o„qituvchilarni ta`lim sohasini axborotlashtirishning yo„llari va
ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‟dirishdan iborat. Muloqotning yangi vaziyati - bu pedagogning o„z mustaqillik mavqeini, pedagogik fan, o„ziga bo„lgan yangi munosabatini yarata olish qobiliyatidir. Bunday vaziyatlardao„qituvchi pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali mukammallashtirib boradi. O„qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o„zgarib, xissiy tuyg‟ulari rivojlanadi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo„lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari:
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo„llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o„z kamolotiga intilish;
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o„z kamolotiga intilish;
kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o„zaro yordam berish qobiliyati;
o„qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur`ati va ish qobiliyati; qat`iyatlik, mas`uliyatlik va xalollik, o„zini tuta bilish;
Keyingi sharti - bu pedagogning madaniyat va muloqotga shayligi.
Pedagog va talaba o„rtasidagi muloqot namunasining o„zgarishi innovatsion faoliyat shartidan biridir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatining ongli tahlili,
meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv,
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik,
o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqarish, o„z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta`lim taraqqiyoti sharoitida pedagog innovatsion faoliyatga bo„lgan zaruriyat quyidagilar bilan o„lchanadi:
Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta`lim tizimi, metodologiya va o„quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangi yangilik -larni yaratish, o„zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo„ladi;
Ta`lim mazmunini inson‟avarlashtirish doimo o„qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
Pedagogik yangilikni o„zlashtirish va uni tadbiq etishga nisbatan o„qituvchining harakteri va o„zgarishi.
Pedagog innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan shartlardan foydalanishni talab qiladi.Bunday meyorlarga - yangilik - maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.
Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko„rsatkichining yuqori bo„lishini kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo„nalish bo„yicha malakaviy (kasbiy) ma`lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Halq xo„jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan ta`minlanishi uzluksiz ta`lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko„rsatuvchi dalil hisoblanadi.
|