|
Veb brauzerda siz ko`rmoqchi bo`lgan resursning URL
|
bet | 9/134 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #142961 |
Bog'liq To\'rayev Mirjalol Web dasturlash fanidan3. Veb brauzerda siz ko`rmoqchi bo`lgan resursning URL ini yozasiz yoki bu resursga tegishli gipermurojaatni tanlaysiz. Resurslarning joylashgan o`rni nomlari URL lardir. Sizning veb brauzeringiz URL li talabnomani HTTP (Hyper Text Transfer Protocol – gipermatnni uzatish protokoli) yordamida veb serverga uzatadi. Bu protokol veb brauzer va veb serverni bir-biri bilan bog`lash yo`lini aniqlaydi.
4. Veb server talab qilingan sayt, xujjat, ob'ekt yoki boshqa resursni qidirib topadi va uni klient kompyuteridagi veb brauzerga jo`natadi. qabul qilib olingan resurs klient kompyuteri ekranida veb brauzerda aks etadi. Shu bilan HTTP bog`lanish yopiladi va keyin yana qayta ochilishi mumkin.
5. HTTP yordamida veb serverga kelgan talabga ko`ra veb server qanday resurs so`ralayotgani va uning qaerda joylashganini aniqlab oladi.
6. Talabnoma Internetga jo`natiladi. Internetdagi marshrutizatorlar bu talabnoma qaysi serverga jo`natilishi kerakligini topadi. URL da http:// dan keyingi ma'lumot resurs qaerda joylashganligini bildiradi. Unga asosan marshrutizatorlar talabnomani kerakli serverga jo`natadi.
7 . URL lar, masalan http://www.zn.uz/books/2057/html, odatda to`rttagacha qismdan iborat bo`ladi. Birinchi qism http:// foydalaniladigan protokolni aniqlaydi. Ikkinchi qismi odatda www bo`ladi va Internetning qanday resursiga ulanish kerakliligini bildiradi. Uchinchi qismi ancha uzun bo`lishi mumkin (zn.uz) va qaysi serverga ulanish kerakligini ko`rsatadi. To`rtinchi qism serverdagi maxsus papkani, xujjatni, veb saytning bosh sahifasini yoki boshqa resursini bildiradi.
3-ilova
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash
M
Yangi o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni o’zlashtirishini tekshirish uchun savol-javob o’tkazaman
ustahkamlash uchun savollar
4-ilova Kichik guruhda ishlash qoidasi:
|
| |