Tadqiqot mavzusining oʻrganganlik darajasi. Oʻzbekiston Respublikasi Preztidenti I.A.Karimovning bir qator asarlarida mavzuga oid gʻoya va qarashlar ilgari surilgan. Shaxs va jamiyat munosabatlari, ma’naviyat va axloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning oʻrni Sharq mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Xojib, Jaloliddin Rumiy, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlarning gʻoyalari va qarashlarida oʻz aksini topgan.1
Ta’lim jarayonida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi keng oʻrganilgan sohalardan biri boʻlib, oʻziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. X.Aliqulov, Gʻ.Omonova, M.Baratov, A.Zununov, B.Toʻxliyev, D.Quronov, M.Xayrullayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Quronov, S.Ochilov, M.Ortiqov, A.Sherov, M.Maxmudov, R.Mahmudov, G.Niyozov, Q.Ahmedov, Q.Tojiboyev, M.Holmatova, M.Abdullayev, D.Yengulatova, N.Saydalixodjayeva, B.Xudoyorov, E.Yusupov, Z.Gʻofurov, Oʻ.Qayumov, X.Odilqoriyev, Sh.Yakubov, G.Tillayeva, Q.Yusupov, N.Boboyev, E.Xaldibekova, A.Yusupov kabi olimlar yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asoslarini ishlab chiqqanlar.1 Ularning tadqiqotlarida oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e’tiborga loyiqdir. Lekin, shuni ta’kidlash joizki, yuqoridagi ishlarning aksariyatida asosiy e’tibor yoshlarning ma’naviy va axloqiy kamolatiga qaratilgan. Biz mazkur tadqiqot ishimizda yuqoridagi tadqiqot ishlaridan oʻrinli foydalanilgan holda, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning ijtimoiy-huquqiy asoslarini yoritishga harakat qildik.
|