Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ma’naviy-axloqiy hamda huquqiy qadriyatlardan samarali foydalanish yoʻllari va ta’lim mazmuniga singdirish imkoniyatlari aniqlandi;
- Nazariy tahlil asosida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning ijtimoiy-huquqiy asoslari mazmuni yoritildi hamda mavzu mohiyatini aks ettiruvchi tayanch tushunchalarning falsafiy mohiyati ochib berildi;
- Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash va ularning ijtimoiy munosabatlarda bardoshlilik, huquqiy savodxonligini yanada shakllantirish hamda kundalik hayotga tadbiq etishda muhim vosita ekanligi ilmiy tahlil qilinib, nazariy va amaliy taklif – tavsiyalar ishlab chiqildi;
- yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati yoritilib, ommaviy axborot vositalarining yoshlar tarbiyasiga koʻrsatayotgan ta’siri aniqlandi;
- ommaviy axborot vositalari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim vositalardan biri ekanligi tahlil qilinib, milliy gʻoyani xalqimiz ongi va e’tiqodiga aylantirish hamda fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili ekanligiga oid nazariy va amaliy taklif – tavsiyalar ishlab chiqildi.
|