Saidkulov nuriddin akramkulovich




Download 0,66 Mb.
bet8/33
Sana21.03.2017
Hajmi0,66 Mb.
#506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33

I BOB. MA’NAVIYAT VA MA’NAVIY BARKAMOLLIK DIALEKTIKASINING ILMIY-NAZARIY TALQINI

1.1. Islom Karimov asarlarida ma’naviyat va ma’naviy barkamollikning oʻzaro uygʻunligi.


Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulgʻayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uygʻotadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

Islom Karimov

Tarixga nazar tashlasak, insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat hayoti va taraqqiyotida ma’naviy soha nihoyatda muhim oʻrin tutganligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Prezident I. Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ma’naviyatning inson barkamolligida, jamiyat taraqqiyotida nechogʻli muhimligi xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtadilar. Asarda “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obroʻ-e’tibori avvalambor  farzandlarimizning oʻnib-oʻsib, ulgʻayib, qanday inson boʻlib, hayotga kirib borishiga bogʻliqdir” deyiladi. Darhaqiqat, har qanday jamiyatning taraqqiyoti avvalo uning yetuk va barkamol avlodiga bogʻliqdir. Ushbu fikr tarix sinovida tasdiqlanib kelgan haqiqatdir. “Ma’naviyat millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan aqliy intellektual va sobit hissiy dunyosidir”.

“Barkamollik-kamolot, balogʻatga erishgan, bekam-u koʻst, yetuk, mukammal, komil, ma’rifatli kishilarga nisbatan qoʻllanadigan tushuncha. U insonning aqliy, ma’naviy, axloqiy jihatdan yetukligi, oʻzi tanlagan kasb-hunarning ustasi boʻlishi shaxs sifatida shakllanib, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu gʻoya va niyatlar bilan bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega boʻlishini ham anglatadi”.1

         Ulkan bir tizim boʻlgan inson ma’naviy olamining huquq va axloq deb atalgan ikki atributi borki, bularsiz inson ma’naviy olamini tasavvur qilish mushkuldir. Bu ikki tushuncha insonning  jamiyatga boʻlgan munosabatini asosini tashkil etadi. Axloq va huquq insonlar oʻrtasidagi muloqot, oʻzaro munosabatni tartibga soluvchi talablar, qoidalar, me’yorlar yigʻindisidir. Ulardan birinchisi axloq – bu insonga ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan foyda berib, iymon pokligiga erishtiradigan tushuncha. Axloq - oʻz hatti-harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun manan yetuk jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini anglatadi, vijdon, tarbiya kabi me’yorlar bilan belgilanadi. Har qanday aqli raso kishi oʻzini, oʻz hayoti, yaqinlari va yurtining kelajagi uchun mas’ul deb biladi. Mas’uliyat tushunchasi axloqning asosiy kuchi va tayanchidir, chunki aynan mas’ullik xissi, bizni befarqlikdan himoya qilib, javobgarlikka undaydi.

Prezident I.A. Karimov ham komil inson deganda, biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat boʻla oladigan kishini tushunamiz” deb ta’kidlaydi.

         Kishining axloqi jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’sir etuvchi omil ekanligini bir qator yevropalik olimlar ham ta’kidlab oʻtishgan. Masalan, O.Shpengler, F.Nitshe, Sartr, Xaydeger va boshqalar axloqiy buzilishlar Yevropa xalqlari taraqqiyotiga tahdid solishini aytib oʻtishgan edi. Ushbu fikrlar bugungi kunda oʻz tasdigʻini topayotganligini barchamiz  guvohi boʻlib turibmiz. Insonlarda vatanparvarlik, oʻzgalar va oʻz taqdiriga nisbatan mas’ullik sezish, ta’magirlik, poraxoʻrlik kabi illatlardan tiyilish jamiyat axloqiy tizimini, pirovardida ma’naviy dunyosini yuksalishga olib keladi.

         Ma’naviy barkamollikning yana bir atribut elementi bu huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatdir.

“Qadimgi sharq davlatlari huquqiy qadriyatlarni tarixiy oʻchoqlari hisoblanadi. Sharqda davlat, huquq va shu jumladan huquqiy qadriyatlarni paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻziga xos hususiyatlari hamjihatlik gʻoyasi va jamoatchilik fiklarini ustunligi bilan ifodalanadi. Sharqda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ustun turgan”.1

Hammamizga yaxshi ma’lum-ki, davlatimiz fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokrartik-huquqiy jamiyat barpo etish sari intilmoqda. Ushbu maqsadning amalga oshishi esa, yoshlarimizning huquqiy tarbiyasi, huquqiy madaniyati nechogʻli shakllanganligi bilan bogʻliq. Jamiyatimizning barcha jabhalarida, ijtimoiy munosabatlarni, hayotimizni tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish har qachongidan ham muhim boʻlib qoldi. Huquqiy madaniyatning shaxs ma’naviy kamolotida va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni nechogʻli muhim ekanligi xususida buyuk vatandoshimiz, sharqning ulugʻ donishmandi Abu Ali ibn Sino shunday deydi: “Dunyoda yovuzlik va adolatsizlikning bu qadar koʻpligining sababi – siz-u, bizdadir. Bilimsizlik yoki uquvsizlik  tufayli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida oʻzimiz ham yovuzlikning keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz”.

         Darhaqiqat, jamiyatda adolatsizlik, qonunbuzarlikning koʻpayishiga har jihatdan shu jamiyatda yashovchi kishilarning qonunni bilmasligi, oʻz huquqlarini talab qila olmasligi, uquvsizligi va loqaydligi sabab boʻladi. Huquqiy davlat qurushning birinchi sharti, ushbu davlatda yashovchi aholining huquqiy ongini shakllantirishdir. Oʻz navbatida huquqiy savodxonlik ma’naviy barkamollikning bir qismi hamdir. Chunki, ma’naviy barkamollik tushunchasi, huquqiy tarbiya, huquqiy faoliyat va huquqiy savodxonliksiz  bir butun boʻla olmaydi. Zamon talabidan kelib chiqqan holda, bugungi kun barkamol kishisi faqatgina oʻz sohasining yetuk mutaxassisi, zamonaviy axborot texnologiyalarini va vositalarini yaxshi oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, qonunchiligimiz, unda aks ettirilgan oʻz huquqlarini, imkoniyatlarini va majburiyatlarini ham yaxshi bilishlari lozim. Zero, inson jamiyatda yashar va faoliyat yuritar ekan, uning manfaatlari shu jamiyatda  yashayotgan boshqa shaxslar manfaatlari bilan toʻqnashadi. Bu tabiiy xol, chunki, ehtiyojlarimiz  xilma-xil va cheksiz, imkoniyatlar va resurslar esa cheklangan.  Ana shunday vaziyatda nohaqlik, adolatsizlikka duch kelmaslik uchun huquqiy bilimlarga ega boʻlish talab etiladi.

       “Ma’naviyat jamiyatning yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi”.1 Darhaqiqat, insoniyat mavjudki, u ma’naviy barkamollikka intilib yashaydi. Jamiyatda oʻz oʻrnini topish, oʻziga hos yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratishga harakat qiladi. Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasida oʻzligini saqlab qolish koʻp jihatdan shaxsning axloqiy va huquqiy tarbiyasiga, madaniyatiga bogʻliqdir. Zero, axloqiy va huquqiy bilimlarga ega boʻlgan har tomonlama yetuk, ma’nan barkamol shaxslar har qanday jamiyatning kelajagi, tayanchi boʻla oladi.      

Har qanday jamiyat taraqqiyoti taqdirini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk kishilar hal qiladi. Davlatning kuch-quvvatini, istiqboli porloq boʻlishini, jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeini odamlarning intellektual salohiyati, aqliy jihatdan yetuk va barkamolligi belgilaydi. Prezident Islom Karimov tomonidan ta’kidlanishicha, “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat — ma’rifatli insonning ikki qanotidir”.1

Oʻz tarixi, oʻz merosiga yuksak hurmat, shu bilan birga, jahonda eng katta xazina hisoblanmish intellektual salohiyatni oʻz hayotida, oʻz iqtisodida mujassamlashtirish ana shu davlatlarning ham moddiy, ham ma’naviy boyligi asosini tashkil etadi deb aytsak, yanglishmagan boʻlamiz”.2

Jamiyatning ma’naviy kamoloti masalalariga, fan-texnika taraqqiyotiga birinchi darajali e’tibor bergani sababli ham ikkinchi jahon urushi natijasida vayron boʻlgan, buning ustiga moddiy xomashyo resurslariga nihoyatda kambagʻal Yaponiya dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylandi. Shundan koʻrinadiki, fan taraqqiyoti haqida qaygʻurgan jamiyat va davlatning kelajagi buyuk boʻladi.

Xalqi ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli, ma’rifatli jamiyat va davlat kelajak sari dadil odimlay oladi, qiyinchiliklarni bemalol yenga oladi, oʻzining tabiiy-iqtisodiy boyliklaridan oqilona foydalanadi.

“Ma’naviyatga intilish inson uchun moddiy ne’matlarni oʻzlashtirish, yeyish, ichish, kiyinishga nisbatan ham muhimroq ehtiyojdir. Negaki, ma’naviyat barqaror boʻlmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati ham yuksak boʻlmaydi. Yetuk ma’naviyat, aqliy salohiyat sohibi boʻlgan kishilargina kelajakni oldindan koʻrishga, ogʻir sharoitlarda ham yuksak maqsadlarni, oldiga qoʻyib unga iymon va e’tiqod bilan intilishga qodir boʻladi”.1

Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolotida yangi davrning yuzaga kelishidir. Jamiyatning, insonning bilim, aql-idrok, ma’naviy-ma’rifiy kamolotga boʻlgan ehtiyoji toʻla qondiriladigan bosqichi hech qachon boʻlmaydi. Insoniyatning ma’naviyatga boʻlgan ehtiyoji nihoyasizdir. Jamiyat taraqqiyoti oldinga qarab tadrijiy rivojlanib, tobora takomillashib, kengayib, chuqurlashib borgani kabi ma’naviy-ma’rifiy kamolotning ham soʻnggi nuqtasi boʻlmaydi. Ma’naviyat borasida bir ehtiyojning qondirilishi yana koʻplab talab va ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Yuzaga kelgan yangi ehtiyojlarning roʻyobga chiqishi jamiyat taraqqiyotini oʻtmishdan kelajakka tomon toʻxtovsiz ilgarilab borishiga imkon yaratadi. Jamiyatning ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyoti shu tariqa abadiy davom etaveradi. “Insoniyatning ma’naviy kamoloti imkoniyatlari cheksizdir. Bu cheksizlik insonning tabiati, u yashayotgan jamiyatning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida takomillashib, kengayib va chuqurlashib borayotgan axloqiy, huquqiy burch va mas’uliyat bilan bogʻlangan manfaatlar ma’naviy kamolotning yangi muammolarini keltirib chiqaraveradi. Muayyan oqilona manfaatning chegarasidan ikkinchisiga tadrijiy yoʻl bilan oʻtaverishi ma’naviyat taraqqiyotining hal qiluvchi omildir”.2

Prezident I.A.Karimov ma’naviyat, ma’naviy barkamollik ularning oʻzaro uygʻunligi hamda milliy ma’naviyatimizni shakllantiruvchi asosiy mezonlar haqida gapirar ekan, bir qancha asarlarida qat’iy turgan prinsipini rivojlantirib, ulugʻ ajdodlarimiz merosida aks etgan diniy va dunyoviy bilimlar majmuiga teng koʻz bilan qarash, ularni uygʻunlikda olib oʻzlashtirish lozimligini, faqat shundagina ma’naviy mukammallikka erishish mumkinligini qayta-qayta   ta’kidlaydi. Chunki, bundan boshqacha yondoshuv albatta biryoqlamalikka, demakki, ma’naviy notoʻkislikka sabab boʻlishi aniq. 

Prezident I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning oʻz oldimizga qoʻygan maqsadimiz bunday ulugʻ zotlarning hayot yoʻli va qoldirgan merosini toʻliq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilm-u fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini oʻzida uygʻunlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur oʻrganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz boʻlishi shart, deb hisoblayman”.1

Olimlarimiz kitoblarida, ilmiy izlanishlarida xalqimizning oʻtmishda islom ilmlari rivojiga qoʻshgan ulkan hissalarini jahon tan olgan ulugʻ allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, buyuk tasavvuf pirlari Abduxoliq Gʻijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma’naviy takomiliga qoʻshgan xizmatlari bilan bir qatorda, matematika va astronomiya singari aniq fanlar; meditsina, farmakognoziya,    mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta’sir koʻrsatgan.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanganidek, bizning musulmonchiligimiz Allohga, dinimizga munosabatimiz ba’zi milliy qadriyatlarimizda ham yaqqol ifodalanadi. Hammamizga tanish bir manzarani eslaylik, - deydi bu haqida yurtboshimiz. - Koʻchadan tobut koʻtarib borilyapti. Duch kelgan yoʻlovchi – u piyodami, mashinadami yoki otliqmi – darhol yugurib kelib tobutga yelkasini tutadi. Kamida yetti qadam uni koʻtarishib boradi. Marhumni taniydimi-tanimaydimi, bundan qat’i nazar, Xudo rahmat qilsin, deya yuziga fotiha tortadi…

Bugungi ma’naviy hayotimizni, xalqimizning ming yillik tarixini muqaddas Islom dinidan ayricha tasavvur eta olmaganimiz boisidan mamlakatimizda diniy qadriyatlar tiklanishi va uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshirilishi masalasiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda.

Islom dini deganda, Prezident ta’biri bilan aytganda, avvalo Alloh va uning Rasulini, mana shu qutlugʻ zaminimizda tugʻilib voyaga yetgan, muborak nomlari butun musulmon olamida cheksiz ehtirom bilan tilga olinadigan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Zamahshariy kabi ulugʻ imomlarimiz va piri komillarimizni tasavvur qilamiz.

Prezident Alisher Navoiy siymosi va badiiy-ma’naviy merosiga cheksiz ehtiromi ushbu yangi kitobda yanada yorqin aks etgan: “Oʻzbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga gʻoyat kuchli va samarali ta’sir koʻrsatgan ulugʻ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir... Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning gʻururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan oʻlmas soʻz san’atkoridir... Agar bu ulugʻ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.2 Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik koʻp bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega boʻlamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi.

Prezident oʻz asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini tikkan ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Is`hoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini, ulardan keyin xalq orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo Gʻulomov, Ozod Sharafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Olim Xoʻjayev, Razzoq Hamroyev va boshqa atoqli san’atkorlarning xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab oʻtadi. Shunday qilib, yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma’naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning ushbu kitobida aniq koʻrsatmalar berilgan. Bular – ulugʻ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlugʻ ma’naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuygʻular.   Ushbu kitobda bayon qilingan milliy ma’naviyatimizning rivojlanish tarixi, uning takomil bosqichlari haqidagi dastlabki kuzatishlar ayni shu boqiy haqiqatlardan  yosh avlodni imkon qadar ogoh etishni nazarda tutadi.



Download 0,66 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Download 0,66 Mb.