Saidkulov nuriddin akramkulovich




Download 0,66 Mb.
bet16/33
Sana21.03.2017
Hajmi0,66 Mb.
#506
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33

II BOB BOʻYICH XULOSA

Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Albatta, ma’naviyatsiz-kelajak yoʻq. Bugun bu iboraning qanchalik toʻgʻri ekanligini afkor ommasi bir soʻz bilan e’tirof etishmoqda. Shu bois, yurtimizda ma’naviy tarbiyaga juda katta e’tibor berilmoqda. Yoshlar ma’naviyatini shakllanishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Ana shunday omillardan biri bu, ma’naviy meros omilidir.

Ma’naviy meros-oʻtmishdan, ajdodlardan bizning davrimizgacha yetib kelib, oʻz qadrini yoʻqotmagan bilimlar majmui, koʻhna tarixiy yodgorliklar, qimmatli qoʻlyozmalar, milliy urf-odatlar. Jumladan, zaminimizda yashab oʻtgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotgani gʻurur bilan ta’kidlanadi. Ana shunday buyuk ma’naviy meros inson ma’naviyatida qolaversa, yoshlar ma’naviyatida katta ahamiyatga ega. Ma’naviy meros faxrlanishgagina xizmat qilib qolmay balki, yoshlarni buyuk maqsadlar, gʻoyalar sari shaxdam odimlatadi.

Yoshlar ma’naviyatini shakllanishida milliy va xalqaro huquq normalarining ham oʻrni kattadir. Milliy huquq normalari asosan, ma’lum bir hududda istiqomat qilib turgan turli xalqalarning istak va hohishlarini hisobga olgan holda qabul qilingan xulq-atvor normalaridir. Milliy huquq normalari albatta, ma’lum bir hududga tegishli boʻladi. U huquq normalariga boshqa hududda yashovchi inson amal qilimasligi mumkin. Lekin, umum e’tirof etgan xalqaro me’yorlarga itoat etishga majbur. Shu bois, inson milliy va xalqaro huquq normalarini oʻrganishi, amal qilishi va kezi kelsa, boshqalarga ham tushuntira olishi maqsadga muvofiqdir.




Download 0,66 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 0,66 Mb.