Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning umumiy a’zolar va yoshlar soni koʻrsatgichi




Download 0,66 Mb.
bet15/33
Sana21.03.2017
Hajmi0,66 Mb.
#506
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning umumiy a’zolar va yoshlar soni koʻrsatgichi




Siyosiy partiyalar nomi

Umumiy a’zolar soni

Shundan yoshlar soni

Foiz %

OʻzXDP

384 500

118 500

30%

OʻzLiDEP

180 000

80 000

48%

Adolat SDP

100 000

32 000

32%

Milliy TDP

161 000

82 000

51%


Ijtimoiy-siyosiy institutlar oʻz faoliyati doirasida yoshlarga oid juda koʻp hayrli ishlarni amalga oshirayotganiga bugun barchamiz guvohmiz. Ular yoshlarni nafaqat ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini balki, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham qoʻllab kelmoqda. Ularning ma’naviyatini shakllantirishga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni oʻz vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yoʻlidan chetda qolib ketishi muqarrar.

Hayot, taraqqiyot doimiy yuksalishda, yangi-yangi marralar sari odimlayveradi. Yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji yoʻlidagi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshiradigan, roʻyobga chiqaradigan qudratli kuchdir.

“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda”.1

Darhaqiqat, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi.



Download 0,66 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning umumiy a’zolar va yoshlar soni koʻrsatgichi

Download 0,66 Mb.