-Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublikasining qonuni




Download 0,66 Mb.
bet18/33
Sana21.03.2017
Hajmi0,66 Mb.
#506
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
-Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublikasining qonuni;

-Ta’lim toʻgʻrisida qonun;

-Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida;

-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;

-“Yoshlar yili” davlat dasturi toʻgʻrisida;

-“Barkamol avlod yili” davlat dasturi toʻgʻrisida;

-“Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida;

-2010-2015 yillarda bolalar va oʻsmirlarni ma’naviy kamol toptirishga yoʻnaltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi toʻgʻrisida;

-Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;

-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisida Nizom;

-Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom;

-Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida;

-Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida;

-Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;

-Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida;

-Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil dasturi toʻgʻrisida;

-Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida;

-“Sogʻlom bola yili” davlat dasturi toʻgʻrisida; 1 gi qonun, qaror, dastur va normativ-huquqiy hujjatlarni misol qilib aytish mumkin.

Ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun hizmat qilib kelmoqda.

Yoshlar bu-ijtimoiy shakllanish davrini oʻtayotgan va kattalar davrasiga qadam qoʻyayotgan, yangi hayotga moslashayotgan va uni kelgusida yangilaydigan jamiyatdagi alohida ijtimoiy- demografik guruhdir.

Shunday ekan, Oʻzbekistan zaminida yashayotgan har qaysi odam mamlakatimizda olib borilayotgan va koʻzda tutilayotgan barcha islohotlar avvalambor uning manfaati, uning oilasi va farzandlari uchun, shu yurtning farovonligi va taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotganini aniq-ravshan anglab etishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisidagi qonunining 1-moddasida: “Yoshlarga oid siyosat Oʻzbеkiston Rеspublikasi davlat faoliyatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yoʻlida imkoni boricha toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:

millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish...”1 -deb ta’kidlangan.

Ushbu qonunning mazkur normasidan bilish mumkinki, jamiyatni katta qismi boʻlgan yoshlarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni orzu-intilishlarini, iqtidori va salohiyatini namoyon etish uchun barcha imkoniyatlarni

millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar ta’minlash, jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa yoshlar hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ularning bevosita ishtirok etishiga shart-sharoit yaratib berishdir.

Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida” gi qonun qabul qilingan kundan, to shu kungacha yoshlar istak va hohishlarini, orzu-umidlarini, ilmiy va amaliy koʻnikma olishlarini va ma’naviy yuksalishlari uchun oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, takomillashtirib kelindi.

Jumladan, OʻzR 01.05.1998 y. 621-I-son Qonuni boʻyicha; 16-modda. “Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga davlat yordami” va 18-modda. “Davlatning yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashi”;

OʻzR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni boʻiyicha 7, 8, 11, 12, 14, 17, 18, 20-moddalariga;

OʻzR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni tahriridagi modda matniga koʻra, 9-modda. “Oʻzbekiston Respublikasida davlatning iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashi”

OʻzR 31.12.2008 y. OʻRQ-197-son Qonuni boʻyicha 17-modda. “Yoshlar jamgʻarmalari” va yuqoridagi moddalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa ijodiy faoliyatni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning muammolarini hal etishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat-jamoat yoshlar jamgʻarmalari tashkil etiladi.

(OʻzR 31.12.2008 y. OʻRQ-197-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism chiqarib tashlangan)

(OʻzR 31.12.2008 y. OʻRQ-197-son Qonuniga muvofiq uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.)

Yoshlarning davlat-jamoat jamgʻarmalarini tashkil etish, ular faoliyatining tartibi va tashkil boʻlish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.1 (OʻzR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Oʻzbekiston Respublikasining 07.01.2008 y. N OʻRQ-139, asosida qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunining 20-“Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari” moddasining 25.12.2009 y. OʻRQ-239-son Qonuniga muvofiq oʻzgaritirishlar kiritilgan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bola huquqlarini ta’minlash boʻyicha oʻz vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

bola huquqlarini ta’minlash boʻyicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;

bola huquqlarini ta’minlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;

bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar yuzasidan oʻz faoliyatini amalga oshiradi.1

Farzandlarning ongi, bilimi, huquqiy madaniyati ayniqsa talabalik davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu paytda u turli toifa doʻstlar orttiradi, shu paytgacha unga uqtirilgan, aytilgan narsalarga tanqidiy qaray boshlaydi va shunga intiladi. Shaxsning ijtimoiylashganlik belgisi uning doimiy bilimga chanqoqligi dunyoqarashi keng qonun-qoidani, tartib intizomni yaxshi bilib, ularga amal qilishidadir. Huquqiy bilimi yuksak insonlardan tashkil topgan oiladan jinoyatchilar, qonunbuzarlar chiqishi amri mahol.

Demokratik institutlarni rivojlantirishdan bosh maqsad koʻpchilikni mumkin qadar jamiyat qurilishiga jalb etish, ularni oʻz taqdirlarini, oʻz kelajaklarini toʻlaqonli egalariga aylantirishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida”gi 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-sonli Farmoniga muvofiq, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyat a’zolarini huquqiy faolligini oshirish, islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligini inobatga olib, “Huquqiy ma’rifat targʻibot markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga1 koʻra, Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida huquqiy ma’rifat targʻiboti markazi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari huzurida uning mintaqaviy boʻlimlari tashkil etildi va Nizomi tasdiqlandi.

Ularning zimmasiga huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning turli shakllaridan yoshlarning yanada samarali foydalanish, ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga katta hissa qoʻshish vazifalari yuklanadi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy tarbiyaning umumiyligi va huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi prinsipini roʻyobga chiqarishda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, shu jumladan mahalla institutlarning mavqei ham beqiyosdir.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonuniga2 binoan oʻzini-oʻzi boshqarish organlari davlat organlariga koʻmaklashishi bilan birga oʻzlari ham mustaqil ravishda ba’zi davlat organlariga taalluqli vazifalarni bajaradi. Jumladan, yer munosabatlarini tartibga solishda, notarial va fuqarolik holati aktlarini qayd qilishda ba’zi vazifalarni bajaradi. Shu sababli oʻz valyutalarini amalga oshirishda yurist mutaxassislarning ishtirokini yanada kuchaytirish huquqiy madaniyat samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Mamlakatimizda nodavlat va jamoat tashkilotlariga e’tibor kafolati kundan-kunga oshib bormoqda.

Bunga 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida ham e’tibor qaratildi. Unda Prezidentimiz shunday dedilar; “Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich oʻtkazib borishi zarur. Bu borada oʻzini-oʻzi boshqaradigan idoralarning mahallalarning nufuzini, mavqeini oshirish ularga koʻproq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi”1. Mahalla har bir oiladagi ma’naviy axloqiy muhit, farzandlar tarbiyasiga sezilarli ta’sir oʻtkazib kelgan mustaqillikka erishilgandan soʻng mahalla demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri sifatida rasmiy maqomga ega boʻldi, hokimiyatni boshqaruvchi quyi organiga aylandi. Insonning butun umri oʻtadigan mahallaning xususiyati shundaki, unda yashovchi har bir oila, shaxs shu ahli jamoa koʻz oʻngida shakllanadi. Mahalla yoshlari tarbiyasi mahalla faoliyati yoʻnalishlari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan jarayondir.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, koʻzi ham, soʻzi ham qonundir”2-deya ta’kidlab oʻtdilar. Hozirgi paytda qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoat nazoratini, davlat hamda mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradigan mexanizm sifatida ommaviy-axborot vositalarining mavqeini oshirish lozim.

Yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirishda oilaning, mahallaning, ommaviy axborot vositalarining, davlat va nodavlat jamoat tashkilotlarining oʻrni beqiyosligini koʻrdik. Ammo, ular oʻzlarining tarbiyaviy sohadagi vazifalariga doim ham ma’suliyat bilan qarashmayotganligini koʻrish mumkin.

Muxtasar qilib aytish mumkinki, mahallada, oilada umuman jamiyatda oilaning har bir a’zosini qonunlarga itaotkorlik ruhida tarbiyalash, qonunga nisbatan hurmat tuygʻusini shakllantirish orqali har xil nisbiy tushunchalardan holi boʻlishi mumkin. Lekin, juda erishmasakda, asosiy yoʻnalishni belgilab yoʻlga qoʻyib olishimiz tayin. Huquqiy savodxonlikni yoshlikdan boshlab oshira borish: -or-nomus, qadr-qimmat, insonparvarlik kabi xususiyatlarni tarbiyalashga koʻmaklashadi. Huquq bu - zoʻrovonlikning axloqimizga zid boʻlgan hatti-harakatlarni oldini olish imkonini beradi.


    1. Download 0,66 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston respublikasining qonuni

Download 0,66 Mb.