• Tashqi xotira
  • Samarqand 2023 toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana28.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #128931
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    mta
    2 5316535347641847403, 2-Mavzu (1), 1.davra boshi 1-partiya, sinf rahbari hujjati yangi varianti , KOOSXM (Amaliyot Mashg\'uloti), Dasturlash 1 amaliy ish, Diffuziya - Vikipediya, Презентация1, Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi. Maqsad, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo, reyting-daftar-380201102314 (2), Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, 115-116-21 Amaliy ekologiya (2), DIFFERENSIAL TENGLAMA 2-AMALIY TOPSHIRIQ, 2-MI
    Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash uchun 
    mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri bu adreslanganligi 
    hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira yacheykasi 
    birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu nom yacheyka 
    adresi deb ataladi. Yacheyka adresi tezkor xotiraga murojaat qilgan mashina 
    kommandasining operandi hisoblanadi. Zamonaviy hisoblash tizimlarida adreslash 
    uchun ikkilik 8 razryaddan tashkil topgan bayt-yacheyka birligi qo’llaniladi. 
    Tezkor xotiraning aniq yacheykalari yoki yacheykalar majmuasi dasturdagi aniq 
    o’zgaruvchi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin o’zgaruvchilar ishtirok etgan 
    arifmetik hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash boshlanmasdan oldin 
    o’zgaruvchilar xotira yacheykasidan registrlarga o’tkazilishi zarur bo’ladi. Agar 
    hisoblash natijasi ham ushbu o’zgaruvchiga o’zlashtirilgan bo’lsa, u holda natija 


    qiymat ham yana mos registrdan ushbu o’zgaruvchiga bog’liq bo’lgan tezkor 
    xotira yacheykasiga o’tkazilishi kerak. Dastur bajarilishi vaqtida uning 
    komandalari va ma’lumotlari asosan tezkor xotira yacheykalarida joylashadi. 
    Tezkor xotira elementlarining to’liq to’plami ba’zan asosiy xotira deb ham 
    yuritiladi.
    Tashqi xotira ma’lumotlarni uzoq muddat saqlab turish uchun mo’ljallangan. 
    Bu xotiraning farqli tomoni shundaki, undagi ma’lumotlar dastur o’z ishini 
    yakunlagandan keyin ham, hisoblash mashinasi elektr tokidan ajratib qo’yilganda 
    ham saqlanib qoladi. Ya’ni biror bir dastur yordamida hosil qilingan (yoki tashqi 
    xotirada saqlangan) ma’lumot ushbu dastur ishi yakunlangandan keyin va qayta 
    ishga tushirilganda foydalanish uchun alohida saqlab qo’yilishi mumkin. Tashqi 
    xotiradagi ma’lumotlarda bir necha marta qayta qayta foydalanish imkoniyati 
    mavjud bo’ladi. Tashqi xotira dasturning o’zini saqlab qo’yish uchun ham 
    qo’llaniladi. Tashqi xotiraning qiymati tezkor xotiradan kichik bo’lsa ham, uning 
    ma’lumotlarni saqlash hajmi juda katta bo’ladi. Tashqi xotiraning yana bir vazifasi 
    bajarilayotgan dasturning bajarilishi vaqtida zarur bo’lmagan kodi va 
    ma’lumotlarini vaqtincha saqlab turish hisoblanadi. Faol bajarilayotgan dastur va u 
    qayta ishlayotgan ma’lumotlar albatta tezkor xotiraga ko’chirib o’tkazilgan bo’lishi 
    kerak, ya’ni tashqi xotira bilan registrlar o’rtasida ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri 
    almashish imkoniyati mavjud emas.
    Ma’lumotlarni saqlovchi qurilma sifatida tashqi xotira ham tezkor xotiraga 
    o’xshash adreslangan xususiyatga ega. Shuning uchun tashqi xotiradagi 
    ma’lumotlar tuzilmasi ham tezkor xotiradagidek, ularni qayta ishlash algoritmlar 
    ham bir xil bo’ladi. Lekin tashqi xotiraning fizik muhitida butunlay boshqa 
    ko’rinishga ega bo’lib, undagi adreslarga kirish boshqa vaqtinchalik xususiyatlarga 
    ega. Tezkor xotira uchun samarali bo’lgan tuzilmalar va algoritmlar tashqi xotira 
    uchun ishlamasligini bildiradi. Qayta ishlanadigan axborotlarning katta hajmi real 
    hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Muayyan masalalarni yechish uchun zarur 
    bo’lgan axborotlar, muammoga bog’liq bo’lgan aniq ma’lumotlar majmuasidan 
    tashkil topadi. Ixtiyoriy masalani yechishda mavhumlashtirish darajasini tanlash 
    zarur, ya’ni real holatni tavsiflovchi ma’lumotlar to’plamini aniqlash kerak bo’ladi. 
    Tanlab olishda hal qilinishi zarur bo’lgan masalani uchun ma’lumotlarni to’g’ri 
    boshqarish zarur. Keyinchalik ushbu ma’lumotlarni tavsiflash usulini tanlab olish 
    kerak bo’ladi.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand 2023 toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish