Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana28.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#128931
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mta
2 5316535347641847403, 2-Mavzu (1), 1.davra boshi 1-partiya, sinf rahbari hujjati yangi varianti , KOOSXM (Amaliyot Mashg\'uloti), Dasturlash 1 amaliy ish, Diffuziya - Vikipediya, Презентация1, Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi. Maqsad, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo, reyting-daftar-380201102314 (2), Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, 115-116-21 Amaliy ekologiya (2), DIFFERENSIAL TENGLAMA 2-AMALIY TOPSHIRIQ, 2-MI
Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi 
 
  Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina xotirasida 
tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash tuzilmasi, ichki 
tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Ma’lumotlarning 
mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan hosil qilingan tuzilmalari 
abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb ataladi. Umumiy holda mantiqiy 
tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot 
taqdim etiladigan muhitning tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar 
hisoblanadi. Shuning uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, 
fizik tuzilmani mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar 
ishlab chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik 
tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi, bajariladigan har 
bir amal mantiqiy yoki fizik tuzilmada qo’llanilayotganligiga bog’liq holda 
o’rganiladi. Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan 
(tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma deganda, 
bitdan boshqa qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Fizik 
tuzilma nuqtai nazaridan olib qaralganda, komp’yuter arxitekturasi va dasturlash 
tizimlarida oddiy turning qanday o’lchamga ega bo’lishi va xotiraga joylashish 
tuzilishi qanday ko’rinishga ega ekanligini oldindan aytib bera olishimiz kerak. 
Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi.
Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa ma’lumotlar 
tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan ma’lumotlar 
tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari dasturchilar 
tomomnidan dasturlash tizimlari taqdim etadigan vositalardan foydalangan holda 
yaratiladi.
Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi yoki mavjud 
emasligiga qarab bog’lanmagan (vektor, massiv, satr, stek, navbat) va bog’langan 
(bog’langan ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining eng 
muhim belgilaridan biri – bu uning o’zgaruvchanligi, ya’ni elementlar sonining 
o’zgarishi yoki elementlar orasidagi bog’lanishning o’zgarishi hisoblanadi. 
Tuzilmaning o’zgaruvchanligi deganda elementlari qiymatining o’zgarishi 
tushinilmasligi kerak, ya’ni bunday holda barcha tuzilmagan o’zgaruvchan tuzilma 
hisoblanib qoladi. Tuzilmalarning o’zgaruvchanlik xususiyatlariga qarab statik
yarimstatik va dinamik shakllari mavjud. Tayanch, statik, yarimstatik va dinamik 
tuzilmalar tezkor xotira uchun ahamiyatli hisoblanadi va ba’zan bu tuzilmalar 
tezkor tuzilmalar deb ham ataladi. Fayl tuzilmalari tashqi xotira uchun mos 
ma’lumotlar tuzilmasi hisoblanadi. 


 
Ma’lumotlar tuzilmasining yana bir muhim belgisi uni tashkil etuvchi 
elementlarning tartiblanganlik xususiyati hisoblanadi. Ushbu belgisi bo’yicha 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish