• Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)
  • Samarqand 2023 toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/9
    Sana28.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #128931
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    mta
    2 5316535347641847403, 2-Mavzu (1), 1.davra boshi 1-partiya, sinf rahbari hujjati yangi varianti , KOOSXM (Amaliyot Mashg\'uloti), Dasturlash 1 amaliy ish, Diffuziya - Vikipediya, Презентация1, Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi. Maqsad, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo, reyting-daftar-380201102314 (2), Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, 115-116-21 Amaliy ekologiya (2), DIFFERENSIAL TENGLAMA 2-AMALIY TOPSHIRIQ, 2-MI
    chiziqli va nochiziqli tuzilmalarga ajratish mumkin. Chiziqli tuzilma 
    elementlarining xotirada o’zaro joylashish xususiyatlariga qarab xotirada 
    elementlari ketma-ket taqsimlangan (vektor, satr, massiv, stek, navbat) va xotirada 
    elementlari erkin bog’langan ko’rinishda taqsimlangan (bir bog’lamli, ikki 
    bog’lamli ro’yxatlar) kabi turlarga ajratish mumkin.
    Dasturlash tillarida “ma’lumotlar tuzilmasi” tushunchasi “ma’lumotlar turi” 
    tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Ixtiyoriy ma’lumot, ya’ni konstanta, 
    o’zgaruvchi, funktsiya yoki ifodaning qiymati o’zining turi bilan ajralib turadi.
    Har bir tur bo’yicha axborot bir qiymatli aniqlanadi:
    1) ko’rsatilgan turdagi ma’lumotni saqlash tuzilmasi, ya’ni birinchidan unga xotira 
    ajratish va xotiradagi ma’lumotni taqdim etish, ikkinchidan ma’lumotning ikkilik 
    kodda tasvirlanishi;
    2) tavsiflangan turdagi u yoki bu ob’ektning qabul qilishi mumkin bo’lgan 
    qiymatlari to’plami;
    3) tavsiflangan turdagi ob’ekt ustida bajarish mumkin bo’lgan amallar to’plami. 
    Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish) 
    Ma’lumotlar tuzilmalarini bilish, ularni saqlash va qayta ishlash xotirani tejash 
    va protsessor vaqti sarfini kamaytirish nuqtai nazaridan eng samarali usullarni 
    qo’llash imkonni beradi. Yana bir afzalligi, ma’lumotlarga tuzilmaviy yondoshuv 
    murakkab dasturiy mahsulotlarni yaratish imkoniyati hisoblanadi. Zamonaviy 
    dasturiy paketlar juda murakkab mahsulotlar hisoblanib, bunda minglab, millionlab 
    satrli kodlarni hisoblashga to’g’ri keladi. Tabiiyki, bunday dasturiy mahsulotlarni 
    “birdaniga (bir vaqtning o’zida)” ishlab chiqish imkoniyati yo’q, bular ba’zi bir 
    tuzilmalar, ya’ni ularning tashkil etuvchi qismlari va ular orasidagi bog’liqliklar 


    ko’rinishida ishlab chiqilishi mumkin. To’g’ri tuzilmaga keltirilgan mahsulotni 
    ishlab chiqishning har bir bosqichida ishlab chiquvchining diqqatini mahsulotning 
    alohida qismlariga qaratilishini talab etadi. Katta dasturiy mahsulotlarni 
    tuzilmalashtirishda mumkin bo’lgan yondoshuvlar mavjud. Bulardan biri 
    algoritmlarni tuzilmalashtirishda “yuqoridan quyiga” loyihalash yoki “yuqoridan 
    quyiga 
    dasturlash” 
    yondoshuvi 
    bo’lsa, 
    ikkinchisi, 
    ma’lumotlarni 
    tuzilmalashtirishda esa, “quyidan yuqoriga” loyihalash yoki “quyidan yuoriga 
    dasturlash” yondoshuvlari hisoblanadi.
    Birinchi holatda (yondoshuvda) dastur bajarishi kerak bo’lgan harakatlar 
    tuzilmalashtiriladi. Ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan katta va murakkab dasturni 
    loyihalash kichik hajmdagi bir nechta qism masalalarning yechimlari ko’rinishida 
    hal qilinadi. Shunday qilib, qo’yilgan masalaning to’liq yechimini taqdim etuvchi 
    eng yuqorida turuvchi dasturiy modul, qismmasalalarni yechimini beruvchi 
    modullarga murojaatni amalga oshiradigan yetarli darajada juda oddiy bo’lib 
    chiqadi. Loyihalashning birinchi bosqichida qismmasalalarning dasturiy modullari 
    “qopqoq” ko’rinishda amalga oshiriladi. Shundan so’ng har bir qismmasala o’z 
    navbatida yuqoridagi qoida bo’yicha dekompozitsiya (qismlarga ajratish) qilinadi. 
    Qism masalalarga ajratish jarayoni dekompoziyaning keyingi bosqichida aniq bir 
    masalaning yechimini beradigan holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. 
    Dekompozitsiyaning eng quyi holati eng kichik instrumental vosita darajasigacha 
    keltirilishi (masalan, tanlab olingan dasturlash tilidagi bitta operatorgacha 
    dekompozitsiyalash) 
    mumkin. 
    Ikkinchi 
    yondoshuvda 
    tuzilmalashtirish 
    ma’lumotlarga asoslanadi. Har bir dasturiy mahsulot uchun hamma vaqt 
    Buyurtmachi mavjud. Buyurtmachida esa kiruvchi ma’lumotlar bo’lib, ishlab 
    chiqiladigan dasturiy mahsulot ushbu kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi 
    ma’lumotlarga akslantirish xususiyatlarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. 
    Dasturlashning instrumental vositalari esa faqat tayanch (oddiy, sodda) 
    ma’lumotlar turi va ular ustida bajariladigan amallarni taqdim etadi. Tayanch 
    ma’lumotlar turini qayta ishlash uchun yoki buyurtmachining kiruvchi 
    ma’lumotlariga moslashtirish uchun dasturchilar juda murakkab ma’lumotlar 
    turlari va ular ustida bajariladigan yangi amallarni yaratishi kerak bo’ladi. 
    Ma’lumotlar turini kompozitsiya (birlashtirish) qilishning oxirgi bosqichida 
    masalaning to’liq yechimini beruvchi mos ravishda kiruvchi va chiquvchi 
    ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallarni tadbiq etishladi.


    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand 2023 toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish