• EHMlarning beshinchi avlodi
  • 4.4. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.
  • 1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi.
  • EHMning to’rtinchi avlodiga




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/117
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,97 Mb.
    #244133
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
    Bog'liq
    ok

    EHMning to’rtinchi avlodiga
    katta integral tizim(KIT) ko’rinishidagi element bazasiga ega
    bo’lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 70-yillar o’rtasida elektron hisoblash texnikasi rivojida
    keskin «sakrash» bo’lganligi, ya’ni – katta integral sxemasi bazasida mikroprosessorlar paydo
    bo’lganligi bilan bog’liq. Ulardan foydalanish tufayli barcha EHMlarning texnik-ekspluatatsiya
    va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’lchami, energiya sarfi, qiymati va hakazolar keskin yaxshilandi.
    SHKni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Zamonaviy EHMlarning 4-avlodi ikki yo’nalishda
    rivojlandi. Birinchi yo’nalish - sekundiga bir necha ming million operasiyalarni amalga
    oshiruvchi kuchli, ko’pprosessorli hisoblash tizimini yaratish, ikkinchisi-mikroprosessorlar
    bazasida nisbatan arzon va ixcham mikro EHMlar yaratish.
    EHMlarning beshinchi avlodi
    80-yillar o’rtalarida o’ta katta integral sxemalar bazasida
    ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari arxitektura oqimiga, intellektual
    "inson-mashina" interfeysini ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Ular masalalarni tizimli yechishni
    mashi-nalarning mantiqan fikrlashini, axborotlarni assosiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar
    olishni ham ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan,
    og’zaki nutqini) amalga oshirish mo’ljallanmoqda.
    4.4. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi.
    Xorijiy
    mutaxassislar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy
    tendensiyani ajratib ko’rsatadi:
    1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi.
    Axborot vositasi ko’rinishidagi axborot
    mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi.
    Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko’rish va anglash uchun
    foydalanuvchining talabiga ko’ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda
    mahsulotni yetkazib berish vositasi mavjud bo’ladi. Axborot mahsuloti borgan sari yakka
    foydalanuvchiga taqdim etiladigan o’ziga xos xizmat va hisobot-tahlil ishlari natijalari
    o’rtasidagi gibridga aylanib bormoqda.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish