• Qattiq rejim
  • Samarqand davlat universiteti fizika fakultet




    Download 0,87 Mb.
    bet2/12
    Sana05.11.2020
    Hajmi0,87 Mb.
    #12318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    Yumshoq rejim – bu rejim tebranishlar tavsifnomasining nol nuqtadan va uning ogʻmasining absissa oʻqidagi burchagi kichik amplitudalar sohasida teskari bogʻlanish chizigʻi ogʻmasining burchagidan kata boʻladi. Bunday tebranishlar tavsifnomasi 1.2-rasmda tasvirlangan. Bu vaqtda generatorni ta’minlash manbayiga ulaganda tebranishlar amplitudasi statsionar qiymatga qadar bir tekis ortib boradi.

  • Qattiq rejim – bu rejimda tebranishlar tavsifnomasi yumshoq rejimda keltirilgan shartlarni qanoatlantirmaydi. Bunday rejim 1.3-rasmda tasvirlangan. Qattiq rejimda teskari bogʻlanish chizigʻi (1.3-rasm) tebranishlar tavsifnomasini M` va M nuqtalarda kesib oʻtadi. M nuqta qattiq dinamik muvazanat nuqtasidan iborat. M` esa muvazanat qat’iy boʻlmagan muvazanat nuqtasi boʻlib, kirish kuchlanishidagi qiymatdan har qanday chetlanishlar tebranishlarning yoʻqolishiga yoki amplitude qiymatining ortib ketishiga olib keladi. Shunday qilib qattiq rejimli generatorlarda sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun dastlabki implusli kuchlanish boʻlishi va u tok hosil boʻlishini ta’minlashi lozim.



    1.3 rasm. Teskari bog‘lanish chizig‘i tebranishlar tavsifnomasi 2M va M' nuqtaviy kesib o‘tadi.
    Sinusoidal tebranishlar generatori ikki turga boʻlinadi.

    1. LC – tipidagi generatorlar boʻlib, bunday generatorlarda teskari bogʻlanish zanjiri sifatida chastotaga bogʻliq boʻlgan tebranish konturi qo‘llaniladi. Bunday generatorlar odatda radio chastotali signallarni hosil qilish uchun qo‘llaniladi.

    2. RC – tipidagi generatorlar. Bunday generatorlarda musbat teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan RC zanjirlardan foydalaniladi.

    Download 0,87 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti fizika fakultet

    Download 0,87 Mb.