• RADIOELEKTRONIKA ASOSLARI FANIDAN LC GENERATORNI OʻRGANISH VA LABORATORIYA QURILMASINI YASASH » BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • Samarqand – 201 7 MUNDARIJA
  • ……………………………. 9 1.3 Teskari bog‘lanish zanjirida Vin ko‘prikli RC generator…………….
  • …………………………………………………. 19
  • ………………… 25 2.2. Avtogeneratorlarning ishlash prinspi…………………………………
  • …………………………. 28 2.5. Avtogeneratorlar differensial tenglamasining tahlili…………………
  • …………………………………………... 35 ILOVALAR…………………………………………………………………
  • FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………... 49 KIRISH
  • Tadqiqot maqsadi
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi
  • Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi
  • I-BOB. ELEKTR TEBRANISHLAR GENERATORLARI 1.1 Generatorlarning tuzish prinsplari.
  • Samarqand davlat universiteti fizika fakultet




    Download 0,87 Mb.
    bet1/12
    Sana05.11.2020
    Hajmi0,87 Mb.
    #12318
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    FIZIKA FAKULTET

    5140200-Fizika yo‘nalishi

    Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi

    «RADIOELEKTRONIKA ASOSLARI FANIDAN LC GENERATORNI OʻRGANISH VA LABORATORIYA QURILMASINI YASASH»

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI
    Bajaruvchi: T.Z.Raximov

    Ilmiy rahbar: M.D.Tashboyev


    Bitiruv malakaviy ishi Qattiq jismlar fizikasi kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2017 yil 17- iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etiladi (bayonnoma № 11/17).


    Kafedra mudiri: dots. Arziqulov E.U.

    Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2017 yil “17” iyundagi majlisida himoya qilindi va ______ ball bilan baholandi (bayonnoma № 11/17 ).


    YaDAK raisi:________________prof.I.Xolbayev

    A’zolari:________________

    ________________

    ________________



    ________________




    Samarqand – 2017

    MUNDARIJA

    KIRISH……………………………………………………………………

    3

    I.BOB. ELEKTR TEBRANISHLAR GENERATORLARI……………

    5

    1.1. Generatorlarning tuzish prinsplari……………………………………

    5

    1.2 Fazaburuvchi RC zanjirli generatorlar…………………………….__9__1.3_Teskari_bog‘lanish_zanjirida_Vin_ko‘prikli_RC_generator…………….'>…………………………….

    9

    1.3 Teskari bog‘lanish zanjirida Vin ko‘prikli RC generator…………….

    11

    1.4. LC generatorlar …………………………………………………….

    14

    1.5. Kvars generatorlari ………………………………………………….

    19

    II.BOB. ELEKTRON GENERATORLAR ISHLASHINING NAZARIY ASOSLARI………………………………………………………………….


    25

    2.1. Elektron generatorlar va ularning klasifikatsiyasi……………………

    25

    2.2. Avtogeneratorlarning ishlash prinspi…………………………………

    26

    2.3. Bipolyar tranzistorlardagi transformatorli avtogenerator…………….

    26

    2.4. Avtogeneratorlar differensial tenglamasi…………………………….

    28

    2.5. Avtogeneratorlar differensial tenglamasining tahlili…………………

    30

    III.BOB. SINUSOIDAL TEBRANISHLAR GENERATORLARINI HISOBLASH………………………………………………………………..


    33

    3.1. RC generatarni hisoblash………………………………………………..

    33

    3.2. LC –generatorni hisoblash……………………………………………...

    35

    ILOVALAR…………………………………………………………………

    39

    XULOSALAR……………………………………………………………….

    48

    FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………...

    49



    KIRISH

    Mavzuning dolzarbligi: Avtogenerator aloqa qurilmalarida radio uzatish, televideniya, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi qurilmalarida va hakozo sohalarda keng qo‘llaniladi. Har qanday avtogenerator bu ta’minlash manbayi energiyasini radio chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmadir.

    Avtogenerator – bu ta’minlash manbayi kuchaytiruvchi asbob (aktiv element tranzistor) tebranuvchi tizim (tebranuvchi konturi) va teskari bog‘lanish zanjiri (musbat bog‘lanish) qismlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Aktiv element sifatida avtogeneratorlarda elektron lampalar, bipolyar maydonli tranzistorlar va boshqa asboblar qo‘llaniladi. Odatda sunmas tebranishlarni hosil qilish jarayoni va uni ushlab turish avtogenerator tarkibidagi musbat teskari bog‘lanish zanjiri hisobiga amalga oshiriladi. Avtogeneratorlarni tunnel diodlari, uta yuqori chastotali varikaplar va boshqa asboblar vositasida ham tuzish mumkin.

    Ushbu bitiruv malakaviy ishi bipolyar tranzistorlar asosida tuzilgan sinusoidal tebranishlar generatorlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

    Avtogeneratorlarga qo‘yiladigan asosiy talab bu generatsiyalanayotgan tebranishlar chastotasining yuqori stabilligi va chiqish tebranishlari chastota sperktri yuqori bo‘lishi (fazali shovqinlar quvvatining spektral zichligining kichik bo‘lishi) talab qilinadi.



    Tadqiqot maqsadi: Sinusoidal tebranishlar avtogeneratorini o‘rganish labaratoriya qurilmasini yaratishdan iborat.

    Tadqiqot vazifasi: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini o‘rganish va yasashdan iborat.



    Tadqiqot obyekti: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasida C o’zgaruvchan kondensator vositasida LC generatorning generasiya chastotasini o’zgartirish mumkin. Qurilmada yuqori chastotali signallarni amplituda modulyasiyalash jarayonini kuzatish nazarda tutilgan.

    Tadqiqot usuli: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini yangicha usuldan foydalanilgan.

    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini yaratishdan iborat.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Yaratilgan labaratoriya qurilmasi past chastotali RC va yuqori chastotali LC generatorlarni ishlash jarayonini o‘rganish qurilmaning chiqish signallarini analiz qilish bilan nazariy ma’lumotlarga mos kelishini aniqlashdan iborat.

    Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi sinusoidal tebranishlar generatorini o‘rganish va labaratoriya qurilmasini yaratishga yo‘naltirilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida avtotebranishlarni hosil bo‘lishi shartlari, generatorlarning turlari va ishlash jarayoni haqida yozilgan.

    Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida avtogeneratorlar ishlash jarayonining nazariy asoslari, elektr prinspial sxemalari haqidagi nazariy ma’lumotlar berilgan.

    Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida past chastotali RC va yuqori chastotali LC generatorlarni hisoblash usullari bayon qilingan.

    Bitiruv malakaviy ishining oxirida o‘zlashtirilgan nazariy ma’lumotlar va tajriba usulda yaratilgan. Sinusoidal tebranishlar generatori haqidagi xulosalar keltirilgan.

    I-BOB. ELEKTR TEBRANISHLAR GENERATORLARI

    1.1 Generatorlarning tuzish prinsplari.

    Tashqi signal boʻlmaganda elektr manbayi energiyasi hisobiga oʻzgaruvchan elektr tebranishalrini hosil qiluvchi qurilmaga elektr signali generatori deyiladi (1.1-rasm). Kuchaytirgichda musbat teskari bogʻlanishni



    (1.1)

    (1.2)

    amalga oshirish bilan generator chiqishda tebranishlarni hosil qilish mumkin.



    Amplituda (1.1) va faza (1.2) balans shartlarini bajarilishi bilan so‘nmas elektr tebranishlari yuzaga keladi. Chunki kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanishni dastlabki oʻzgarishi teskari bogʻlanish zanjiri orqali qaytadan kuchaytirgichning kirishiga beriladi va u chiqish kuchlanishining yanada koʻproq oʻzgarishiga olib keladi.



    1.1-rasm. Elektr signali generatorining tarkibiy tuzilish sxemasi
    Kuchaytirgichni tashkil qilgan kaskad tranzistorining ishchi nuqtalari chiqishdagi tebranishlari amplitudasining ortishi bilan kuchaytirgich tranzistori dinamik tavsifnomasining nochiziqli sohasiga oʻtadi, natijada kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti qiymatga qadar kamayib boradi va kuchaytirgich chiqishida tezlanishlar amplitudasining statsionar qiymati oʻrnatiladi. Yuqorida koʻrilgan ifoda shuni koʻrsatadiki, kuchaytirgich signalni necha marta oshirsa teskari bogʻlanish zanjiri uni shuncha marta kamaytiriladi va bu shartga amplituda balans sharti deyiladi. Amplituda balans sharti bajarilganda ta’minlash manbayi energiyasi musbat teskari bogʻlanish zanjiri orqali yoʻqotilgan energiyani kompensatsiyalab turadi. Kuchaytirgichning faza chastota tavsifnomasining bogʻliq holda amplituda va faza balans sharti teskari bogʻlanish zanjirida chastotaning toʻliq spektri uchun yoki bitta chastota uchun bajarilishi mumkin. Birinchi holda generator chiqishida murakkab shaklli tebranishlar, ikkinchi holda esa sinusoidal shakldagi tebranishlar generatsiyalanadi. Bitta chastotada amplituda va faza balans shartlari bajarilishi uchun kuchaytirgich sxemasida yoki koʻp hollarda teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan zanjir tuziladi.

    Musbat teskari bogʻlanish generatorlarda tashqi yoki ichki boʻlishi mumkin. Tashqi chastotaga bogʻliq zanjirlar tuzish bilan amalga oshiriladi.

    Ichki musbat teskari bogʻlanish esa elektron asboblarning ish rejimlarida ishlashi bilan yuzaga keladi. Odatda sinusoidal tebranishlar generatorlarini tuzishda tashqi musbat zanjirlaridan foydalaniladi, chunki bunday teskari bogʻlanish ichki teskari bogʻlanishga nisbatan yuqori chastota stabiliga ega boʻlgan tebranishlarni hosil qiladi. Generatordagi statsionar tovushlar amplitudasini aniqlashda tebranishlar tavsifnomasi va teskari bogʻlanish chizigʻidan foydalangan holda grafik usulda aniqlash mumkin.

    Tebranishlar tavsifnomasi – bu kuchaytirgich chiqishidagi tokning asosiy (birinchi) garmonikasi amplitudasining teskari bogʻlanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga uzatilayotgan kuchlanishga bogʻliqligidir. Tebranishlar tavsifnomasi nochiziqlidir. Chunki uning koʻrinishi nochiziqli elementar parametrlari bilan aniqlanadi. Teskari bogʻlanish chizigʻi – bu kirish kuchlanishi amplitudasining kuchaytirgich chizish toki amplitudasining garmonikasiga bogʻliqligidir. Teskari bogʻlanish chizigʻi teskari bogʻlanish zanjirining susaytirish xususiyatini xarakterlaydi va u toʻgʻri chiziqli ogʻmadan iborat boʻladi, uning ogʻmasi chiziqli boʻlib,chiziqli toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirining parametrlari bilan aniqlanadi.



    Statsionar tebranishlar amplitudasini aniqlash uchun teskari bogʻlanish generator chizigʻining va tebranishlar tavsifnomasini bitta grafikda chiziladi (1.2-rasm).



    1.2-rasm. Yumshoq uyg‘onuvchi generatorning grafigi
    Statsionar tok amplitudasi tebranishlar tavsifnomasi bilan toʻgʻri chiziqning kesishish nuqtasiga mos keladi. Kesishish M nuqtasida amplituda balans sharti bajariladi. Chunki kirish signali kuchaytirgich orqali oʻtish vaqtida qanchaga kuchaytirilsa, toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirini shuncha marta susaytiradi.

    Kuchlanishni oʻzgarishi gorizantal sterilkalar bilan tokning oʻzgarishi esa vertikal sterilkalar bilan koʻrsatilgan. Tebranish tavsifnomasining koʻriishiga bogʻliq holda generatorlarda ikki xil oʻz-oʻzidan uygʻonish rejimini ajratib koʻrsatish mumkin.



    1. Download 0,87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti fizika fakultet

    Download 0,87 Mb.