vaqt va kerakli
xotira hajmi .
Shuningdek, muammolar sinfi uchun murakkablikni tahlil qilishda
ma‘lum bir ma‘lumot miqdori -
kirish kattaligi ni tavsiflovchi ma‘lum
bir raqam aniqlanadi. Shunday qilib, biz algoritmning murakkabligi
kirish oʻlchamining funksiyasi degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Yomon ,
oʻrtacha yoki
eng yaxshi darajadagi murakkablik
tushunchalari mavjud. Odatda, eng yomon holatning murakkabligi
baholanadi.
Eng yomon holatda
vaqt murakkabligi - bu berilgan kattalikdagi
masalani
yechishda
algoritm
ishlashi
davomida
bajariladigan
amallarning maksimal soniga teng boʻlgan kirish kattaligining
funksiyasidir.
Eng yomon
sigʻimli murakkablik - bu kirish hajmining ma‘lum
hajmdagi
muammolarni
yechishda erishilgan
maksimal xotira
yacheykalari soniga teng funksiyasi.
Algoritm murakkabligini baholash kriteriyalari. Bir xil me‟yorda oʻlchash kriteriyasi algoritmning har bir bosqichi bir vaqt
birligida, xotira yacheykasi esa hajmning bir birligida (konstanta
boʻyicha aniqlikda) bajarilishini nazarda tutadi.
21
Logarifmik oʻlchash kriteriyasi ma‘lum amal bilan qayta
ishlanadigan operand oʻlchamini va xotira yacheykasida saqlanadigan
qiymatni hisobga oladi.
Misol. Faktorialni hisoblashning murakkabligini baholash. #include using namespace std; int main() { int n = 20; long long result=1; for (int i=2; i<=n; i++) result *=i; cout<