17
Algoritmning ishlash vaqti umuman kiritilgan ma‘lumotlarning
hajmiga bogʻliq emasligi ham sodir boʻladi. Bu holda murakkablik
O(1)
bilan belgilanadi. Masalan, massivning uchinchi elementi qiymatini
aniqlash uchun elementlarni eslab qolishingiz yoki ular orqali bir necha
bor oʻtishingiz shart emas. Siz har doim ma‘lumotlarni
kiritish
oqimidagi uchinchi elementni kutishingiz kerak va bu esa siz uchun
natija boʻladi, bu har qanday ma‘lumot uchun
hisoblash uchun bir xil
vaqtni oladi.
Baholash muhim boʻlgan taqdirda xotiradan xuddi shu tarzda
amalga oshiriladi. Biroq, algoritmlar kirish ma‘lumotlarining
hajmi
boshqalarga nisbatan kattalashganda sezilarli darajada koʻproq xotiradan
foydalanishi mumkin, ammo ular tezroq ishlaydi va aksincha. Bu hozirgi
sharoit va talablar asosida muammolarni
hal qilishning eng yaxshi
usullarini tanlashga yordam beradi.