16
ma‘lumotlar turi, dasturlash tili va boshqa koʻplab parametrlarga ham
bogʻliq. Faqatgina
asimptotik
murakkablik muhim, ya‘ni kirish
ma‘lumotlarining kattaligi cheksizlikka intilayotgandagi murakkablik.
Masalan, ba‘zi bir algoritmga kirish ma‘lumotlarining n ta
elementlarini qayta ishlash uchun 4n
3
+ 7n ta shartli amallarni bajarish
kerak. n ning ortishi bilan ishning umumiy davomiyligi n ning kubi uni
4 ga koʻpaytirgandan yoki 7n ni qoʻshgandan koʻra koʻproq ta‘sir qiladi.
Ushbu algoritmning vaqt murakkabligi O(n
3
), ya‘ni u kubik bilan
kiritilgan ma‘lumotlarning hajmiga bogʻliq boʻladi.
Bosh harf
O
dan foydalanish matematikadan kelib chiqadi, bu yerda
ushbu belgi funksiyalarning asimptotik harakatlarini taqqoslash uchun
ishlatiladi. Rasmiy ravishda
O(f(n))
algoritmning ishlash vaqti (yoki
egallagan xotira miqdori), kiritilgan ma‘lumotlarning hajmiga qarab,
f(n) ga koʻpaytiriladigan ba‘zi konstantalardan tezroq emasligini
anglatadi.