• 2) Algoritmlarni asimptotik tahlil qilish nazariyasi
  • 3) Hisoblash algoritmlarini amaliy tahlil qilish nazariyasi
  • 1.1. Algoritm tushunchasini formallashtirish 1-ta‟rif. Algoritm
  • ) Algoritmlarning klassik nazariyasi




    Download 4.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/104
    Sana14.04.2023
    Hajmi4.61 Mb.
    #51138
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
    Bog'liq
    C. admin, Abdurahmonov-Fizika, 27.09.2019, Data mining referat, 220V, 3-maruza (1), 7-Mavzu. P (1), Suyarova Yulduz, welcome, Files, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish (1), 379, 1-ma’ruza (2), Mavzu Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
    1) Algoritmlarning klassik nazariyasi (rasmiy tillar nuqtai 
    nazaridan 
    masalalarni 
    shakllantirish, 
    yechuvchanlik 
    muammosi 
    tushunchasi, murakkablik sinflarini kiritish, P = NP (?) masalasini 
    shakllantirish, NP-ning toʻliq masalalarini sinfi va uni oʻrganish); 
    2) Algoritmlarni asimptotik tahlil qilish nazariyasi (algoritmning 
    murakkabligi 
    tushunchasi, 
    algoritmlarni 
    baholash 
    kriteriyalari, 
    asimptotik baholarni olish usullari, xususan, rekursiv algoritmlar uchun, 
    murakkablikni yoki bajarilish vaqtini asimptotik tahlil qilish); 
    3) Hisoblash algoritmlarini amaliy tahlil qilish nazariyasi 
    (funksiyalarning intervalli tahlili, algoritmlar sifatining amaliy 
    mezonlari, ratsional algoritmlarni tanlash metodikasi). 
    Algoritmlar nazariyasida hal qilingan maqsad va vazifalar: 
    - "algoritm" tushunchasini formallashtirish (rasmiylashtirish) va 
    formal (rasmiy) algoritmik tizimlarni oʻrganish; 
    - muammolarning algoritmik yechimini rasmiy tasdiqlash; 
    - vazifalarni tasniflash, murakkablik sinflarini aniqlash va tadqiq 
    qilish; 
    - algoritmlarning murakkabligini asimptotik tahlil qilish; 


    10 
    - rekursiv algoritmlarni oʻrganish va tahlil qilish; 
    - algoritmlar sifatini qiyosiy baholash mezonlarini ishlab chiqish. 
    1.1. Algoritm tushunchasini formallashtirish 
    1-ta‟rif. Algoritm - bu ma‘lum bir tilda berilgan, mumkin boʻlgan 
    dastlabki ma‘lumotlar sinfi uchun masalani hal qilish uchun mumkin 
    boʻlgan elementar amallarning cheklangan ketma-ketligi. 
    Masalaning dastlabki ma‘lumotlarining toʻplami D boʻlsin va R
    mumkin boʻlgan natijalar toʻplami, shunda algoritm 
    𝐃 → 𝐑 koʻrinishida 
    tasvirlanadi. Bu tasvirlanish toʻliq boʻlmasligi mumkin. 
    Agar natija faqat ba‘zi 
    𝑑 ∈ 𝐷 uchun olingan boʻlsa, algoritm qismiy 
    algoritm va agar barcha 
    𝑑 ∈ 𝐷 uchun toʻgʻri natija olsa toʻliq algoritm 
    deyiladi. 

    Download 4.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




    Download 4.61 Mb.
    Pdf ko'rish