• QO‘CHQAROVA GULRUH MUXTARBEKOVNA
  • Kalit
  • Korxonalari




    Download 0.83 Mb.
    bet1/6
    Sana01.03.2024
    Hajmi0.83 Mb.
    #165130
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    C. admin, Abdurahmonov-Fizika, 27.09.2019, Data mining referat, 24960, 220V, 3-maruza (1), 7-Mavzu. P (1), Suyarova Yulduz, welcome, Files, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish (1), 1-ma’ruza (2), Mavzu Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash





    SANOAT KORXONALARI RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA STRATEGIK BOSHQARUV
    ISHMANOVA DINORA NURMAMAD QIZI
    PhD, i.f. f.d. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kembrij xalqaro universiteti QO‘CHQAROVA GULRUH MUXTARBEKOVNA
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti q.g.muxtarbekovnaz@gmail.com https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
    sity -5-pp3 77 - 383



    Annotatsiya: Ushbu maqolada strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni tushuntirila- di. Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, sanoat korxonlari- ning raqobatbardoshliligini ta’minlash va rejalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari tad- qiq qilinadi.
    Kalit so‘zlar: sanoat korxonalari, strategik boshqaruv, raqobat, innovatsion g‘oya, me- nejment, rejalashtirish.


    Kirish


    Jahon iqtisodiyotida monopol tuzilmalarda raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish, ular faoliyatiga innovatsion jarayonlarni tatbiq etish, iqtisodiyot- ning monopol tarmoqlari va korxonalarni modernizatsiya qilish, boshqaruvning zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash iqtisodiy taraqqiyotning asosiy vositalar- idan biriga aylanmoqda[1].
    O‘zbekistonda jahon standarti talablariga javob beruvchi va eksportbop mahsu- lotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqa- rishni tashkil etish, yengil sanoat korxonalarining infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishning asosiy strategiyasi sifatida ishlab chiqarishning klaster usulidan foydalanishga qaratilgan yangi yo‘nalish joriy etilmoqda[2].
    Ma’lumki, “strategik menejment” atamasi o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori pog‘onada amalga oshiriladigan ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqi- ni ifodalash uchun kundalik hayotga kirib keldi. Har qanday tashkilot muvaffaqiya- tini unda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning tayyorgarligi, xohishi, ishbilarmonligi va tadbirkorligi ta’minlaydi[3]. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv dasturlariga ilg‘or davlat menejmenti, shu jumladan, strategik menejment, risk menejmenti hamda “aqlli” boshqaruv prinsiplarining zamonaviy usullarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish choralari ko‘ril- ishi lozim[4]. Bu borada strategik boshqarishning oqilona qo‘llanilishi, raqobat ustunliklaridan foydalanish hamda aniq maqsadlar ishlab chiqish, loihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.



    STARS International University


    379

    Download 0.83 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.83 Mb.