XULOSA ............................................................................................. 202  Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati




Download 4.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/104
Sana14.04.2023
Hajmi4.61 Mb.
#51138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
C. admin, Abdurahmonov-Fizika, 27.09.2019, Data mining referat, 220V, 3-maruza (1), 7-Mavzu. P (1), Suyarova Yulduz, welcome, Files, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish (1), 379, 1-ma’ruza (2), Mavzu Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
XULOSA ............................................................................................. 202 
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati .................................................. 203
 
 



Kirish 
―Algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari‖ fanini o'zlashtirishning 
maqsadi dasturlashda ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalarini, ularning 
spetsifikatsiyasi va amalga oshirilishini, ma'lumotlarni qayta ishlash 
algoritmlarini va ushbu algoritmlarni tahlil qilishni, algoritmlar va 
ma'lumotlar tuzilmalarining o'zaro bogʻliqligini o'rganishdir.
Algoritmlar va ma‘lumotlar strukturalari fani har qanday dasturiy 
ta'minot tizimining asosidir: taqsimlangan tizimlar, mobil ilovalar, 
ma'lumotlar bazasi, veb-ilovalar. Ushbu kursda talaba kompyuter fanlari 
va dasturiy ta'minot muhandisligi sohasidagi barcha keyingi bilimlar 
uchun asos bo'lib xizmat qiladigan ma'lumotlar strukturalari va 
algoritmlarini o'zlashtiradi. 
Fanni o‗qitishdan maqsad talabalarga algoritmlar va ma‘lumotlar 
strukturalari fanini yetarli darajada o‗qitish, shu bilimlarga tayangan 
holda tanlab olingan tilda amaliy masalalarni yechish uchun kerak 
boʻlgan algoritmlarni qoʻllashga oʻrgatish va ixtisoslik fanlarini 
o‗zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo‗lish. 
Fanning vazifalariga algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalari 
rivojlanishiga asos bo'lgan asosiy nazariy tushunchalarni shakllantirish
ma'lumotlarning abstrakt turi (MAT) modeli (paradigmasi) yordamida 
murakkab (dinamik) ma'lumotlar tuzilmalarini qurish va ulardan 
foydalanish: spetsifikatsiya → taqdimot → amalga oshirish, asosiy 
sinflar haqida tushuncha va bilimlarni shakllantirish, algoritmlar 
(ma'lumotlarni qidirish, kodlash (siqish), tezkor qidirish, saralash), 
ularda ishlatiladigan ma'lumotlar tuzilmalari va ularga asoslangan 
masalalarni yechishning umumiy sxemalari, tanlangan tilda (C#, C/C++, 
Java, Python) odatiy algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini va 
ularning modifikatsiyasini amalga oshirishga o'rgatish, algoritmlar va 
dasturlarning murakkabligini tahlil qilish to'gʻrisida gʻoyalar va 
bilimlarni shakllantirishdan iborat. 
Algoritmlar nazariyasi boʻyicha birinchi fundamental ishlar 1936-
yilda paydo boʻlgan. Tyuring mashinasi, Post va Chyorch tomonidan -



hisobi taklif etiladi. Ushbu mashinalar algoritmning formallashtirilgan 
rasmiylashtirilishi edi. 
Algoritm tushunchasi aniq shaklda 20-asr boshlarida D. Gilbert, K. 
Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. 
Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi. 
Ushbu qoʻllanmada yuqoridagi maqsad va vazifalarni bajarish 
uchun bir qator mavzular berilgan. Bu mavzularda berilgan koʻplab 
algoritmlarni dasturiy ta‘minotlarni ishlab chiqishda keng qoʻllash 
mumkin. 
Oʻquv qoʻllanmada berilgan mavzular talabalar bilimini oshirish 
uchun xizmat qiladi deb hisoblaymiz. 

Download 4.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Download 4.61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA ............................................................................................. 202  Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Download 4.61 Mb.
Pdf ko'rish