• Algoritm
  • Algoritm nima
  • Samarqand davlat universiteti o. R. Yusupov, I. Q. Ximmatov, E. Sh. Eshonqulov




    Download 4.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/104
    Sana14.04.2023
    Hajmi4.61 Mb.
    #51138
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
    Bog'liq
    C. admin, Abdurahmonov-Fizika, 27.09.2019, Data mining referat, 220V, 3-maruza (1), 7-Mavzu. P (1), Suyarova Yulduz, welcome, Files, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish (1), 379, 1-ma’ruza (2), Mavzu Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
     
     
     



    1-§. Kirish. Hisoblash modellari, algoritmlar va ularning 
    murakkabligi 
    Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm tushunchasi IX asrda 
    yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi 
    bilan uzviy bogʻliqligini tushuntirish lozim. Algoritm soʻzi al-
    Xorazmiyning arifmetikaga bagʻishlangan asarining dastlabki betidagi 
    “Dixit Algoritmi” (“dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan 
    jumlalardan kelib chiqqan. Shundan soʻng al-Xorazmiyning sanoq 
    sistemasini takomillashtirishga qoʻshgan hissasi, uning asarlari algoritm 
    tushunchasining kiritilishiga sabab boʻlganligi ta‘kidlab oʻtiladi.
    Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul 
    qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya‘ni biror maqsadga 
    erishishga 
    yoki 
    qandaydir 
    masalani 
    yechishga 
    qaratilgan 
    koʻrsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda toʻliq 
    tizimi tushuniladi. 
    Algoritm tushunchasi aniq shaklda 20-asr boshlarida D. Gilbert, K. 
    Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. 
    Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi. 
    Eng qadimiy raqamli algoritmlardan biri Yevklid algoritmi 
    (miloddan avvalgi III asr) deb hisoblanadi - ikki sonning eng katta 
    umumiy boʻluvchisini topish. Algoritmlarning zamonaviy nazariyasi 
    nemis matematikasi Kurt Gyodel (1931) asarlari bilan boshlandi, ular 
    oʻzlarining rasmiy, izchil aksiomalar tizimi doirasida yechib 
    boʻlmaydigan muammolar mavjudligini koʻrsatdi. 
    Algoritmlar nazariyasi boʻyicha birinchi fundamental ishlar 1936-
    yilda paydo boʻlgan. Tyuring mashinasi, Post va Chyorch tomonidan 
    -
    hisobi taklif etiladi. Ushbu mashinalar algoritmning formallashtirilgan 
    rasmiylashtirilishi edi. 
    Algoritmni bajarayotgan kishi – ijrochi, asosiy algoritmni 
    aniqlashtiruvchi algoritm – yordamchi algoritm ekanligini ham 
    ta‘kidlab oʻtish joiz. Umuman, algoritmning qanday maqsadga 
    moʻljallanganligidan qat‘i nazar uni muvaffaqiyat bilan bajarish 
    mumkinligini aytib oʻtish lozimdir. 



    Algoritmning bir nechta ta‘rifi mavjud. Ulardan ayrimlarini keltirib 
    oʻtamiz: 
    – ―Algoritm - bu belgilaydigan cheklangan qoidalar toʻplami, 
    muayyan vazifalar toʻplamini hal qilish boʻyicha amallar ketma-ketligi 
    va beshta muhim xossaga ega: aniqlik, tushunarlilik, kiritish, chiqarish, 
    samaradorlik‖. (D. E. Knut). 
    – ―Algoritm - bu qat‘iy belgilangan qoidalar asosida bajariladigan 
    har qanday hisoblash tizimidir, bu ma‘lum bir qator bosqichlardan 
    soʻng, aniq qoʻyilgan masalani hal qilishga olib keladi" (A. 
    Kolmogorov). 
    – ―Algoritm - bu har xil boshlangʻich ma‘lumotlardan kerakli 
    natijaga oʻtadigan hisoblash jarayonini belgilaydigan aniq ketma-ketlik" 
    (A. Markov). 
    1950-yillarda algoritm nazariyasiga oʻz hissalarini Kolmogorov va 
    Markov asarlari qoʻshgan. 1960-1970 yillarda algoritm nazariyasida 
    quyidagi tadqiqot yoʻnalishlari shakllandi: 

    Download 4.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Download 4.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti o. R. Yusupov, I. Q. Ximmatov, E. Sh. Eshonqulov

    Download 4.61 Mb.
    Pdf ko'rish