Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi




Download 2,57 Mb.
bet40/61
Sana10.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#134248
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o

3. Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi:
- o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi;
- vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
- barcha talabalar jalb etiladi;
- o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
- kuchsiz talabalar bo’lganligi sababli kuchli talabalarning ham past baho olish ehtimoli bor;
- barcha talabalarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;
- guruhlararo o’zaro salbiy raqobatlar paydo bo’lib qolishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Munozara texnologiyasi
Munozara uslubida o‘qituvchi o‘quvchilar orasidan yetakchi o‘quvchini tanlaydi. Yetakchi esa munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. Yetakchi o‘quvchi munozara ishtirokchilariga muammo bo‘yicha «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Yetakchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda yetakchi guruh qatnashchilarini har bir a’zosi o‘z fikrini bildirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Yetakchi ikkinchi bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda «Aqliy hujum» ishtirokchilari bildirgan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tiladi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
Faoliyat yo‘nalishi
Kerakli asos yaratish
Guruh
Aniq ko‘rsatma berish va yo‘naltirish
Muhokama etish
Munozarani o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar
Aqliy hujum usuli
Fikr va g‘oyalarni to‘plash
Fikr va g‘oyalarni guruhlash
Tahlil etish
Aniq va maqbul yechimni topish
Guruh
Nafis arra texnologiyasi
Ushbu uslubda darsda o‘rganiladigan mavzu nomi yozuv taxtasiga yoziladi va qanday savollarga javob topilishi lozim ekanligi tushuntiriladi. Guruh o‘quvchilari 5-6 kichik guruhlarga(boshlag‘ich guruh) bo‘linadi va har bir guruh o‘rganiladigan material bo‘yicha alohida ma’lum mavzularni oladi. Har bir guruh o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha oldindan tayyorlangan kerakli materiallar papkasi bilan ta’minlanadi. Boshlang‘ich guruhlar 10-12 daqiqa davomida taqdim qilingan materialni o‘rganadi va muhokama qiladi.
Natijada o‘qituvchi o‘ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega bo‘ladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchiga ma’lum tartib raqami beriladi va tartib raqamlari bir xil bo‘lgan o‘quvchilardan yangi (ekspertlar) guruhlari tuziladi. Mavzu muhokamasining 15-20 daqiqasi davomida yangi ekspertlar guruhini har bir a’zosi oldingi guruhga berilgan mavzu mazmunini tushuntirib beradi.
Natijada umumiy mavzuni yaxlitligi bo‘yicha o‘zlashtirish ta’minlanadi. Ekspertlar guruhining har bir a’zosi olingan axborotni ma’lum bir vaziyatda qo‘llay olishini ta’minlash uchun mavzu bo‘yicha biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh ushbu muammoni to‘g‘ri yechimini topishi lozim.
Muammo har bir ekspert guruhida muhokamadan o‘tkazilgach guruhlarning sardorlari muammo bilan guruhni tanishtiradi va uning yechimini ko‘rsatib beradi. Mashg‘ulot so‘ngida o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rish va baholash uchun o‘rganilgan material bo‘yicha ekspress test o‘tkaziladi. Nafis arra usuli yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Materialga doir muammoli vaziyatni berish, Muammoli vaziyatni muhokama etish va to‘g‘ri yechimini topish, Ekspress test nazorati, O‘rganiladigan material, O‘quvchilar 5-6 guruhga bo‘linadi, Boshlag‘ich guruh:
Har bir guruhga o‘rganiladigan material bo‘yicha mavzu beriladi
Mavzuni o‘rganish va muhokama qilish
Yangi ekspertlar guruhini tuzish
Berilgan mavzu mazmunini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.



Download 2,57 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi

Download 2,57 Mb.