|
- MAVZU. INFORMATIKA TO`GARAK MASHGULOTLARI JARAYONIDA O`QUVCHILARNI TARBIYALASHNING AHAMIYATI
|
bet | 41/61 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #134248 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti o12 - MAVZU. INFORMATIKA TO`GARAK MASHGULOTLARI JARAYONIDA O`QUVCHILARNI TARBIYALASHNING AHAMIYATI
Reja:
1. Toʼgarakalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida.
2. Toʼgarakalarda oʼquvchilarni tarbiyalashning ahamiyati.
3. Inavotsion texnologiyalarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni.
-------------------------------------------------------------------------------------------
Tayanch so‘z va iboralar: Jamiyat, yoshlar, virtual xavf,axborot manbalari, klublar, ijtimoiy tarmoq, gʼarb madaniyati
1. Toʼgarakalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida.
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
- Xonada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Vatan kelajagi, ravnaq topish uchun komil inson tarbiyalab ta’lim berib borishdan iboratdir. To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi.Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.
To’garak rahbari to’garak mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun to’garak mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.Bunda to’garak rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak.To’garak rahbarlari to’garak mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin.
Ongli ravishda to’garak ishlari orqali kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi. Bunday ko’nikmalarni bevosita to’garak ishlari orqali shakllantirish, o’quvchilarning biror bir hinarni egallashlarida ko’rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtga qadar to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi. Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to’g’risida ta’kidlagan. O’quvchilarning faqat 25%i to’garaklarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’lishi mumkin.
Bozor munosabatlari va uzluksiz ta’limga o’tish munosabati bilan umumta’lim maktabi o’quvchi-yoshlarini ongli ravishda to’garak ishlari orqali jamiyat uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yo’garaklar faoliyati yana ham katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi. Bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, belgilangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlilik, topshirilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo’lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini, kasbning ijtimoiy ahamiyatini, qiziqish va imkoniyatini, kasbga tayyorgarlik darajasini, oila an’analarini va ota-onalar, pedagoglar, o’rtoqlarning maslahatini hisobga olish lozim.
|
| |