• «konfliktologiya»
  • Qarama-qarshilik narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi




    Download 0,72 Mb.
    bet24/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Qarama-qarshilik narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
    Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
    Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
    Anu shunday intilishlar fanda «konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh qotirishadi.
    Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari mumkin.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarama-qarshilik narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi

    Download 0,72 Mb.