• Kriptografiya. Stegonografiya, axborotni shifrlash kabi bir qancha tushuncha va sohalarning vujudga kelishiga olib keldi.
  • Samarqand filiali kompyuter falsafasi




    Download 0,72 Mb.
    bet51/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    reja. Kompyuter inqilobi

    Hozirgi vaqtda Ilmiy-texnik taraqqiyoti yuksalishi sodir bo‘lmoqda. Yangi sanoat tarmoqg‘i, yangi texnologik tizimlar, yuqori darajadagi aniq mexanizmlar, barpo qilinmoqda.


    Bularni zamirida to‘xtovsiz sodir bo‘layotgan texnik yangilanishlar yotadi. O’z navbatida texnik rivojlanishlar ilmlarining asosida bilimlarni geometrik progressiyada o‘sishi, ko‘payishi yotadi. Ya’ni ilmiy axborotni ikki barobar ortishini vaqt oralig‘i (intervali) qisqarib bormoqda.
    Bir necha asarlar oldin ilmiy axborotni ikki barobar ortishi har 15 yilda sodir bo‘lar edi. Hozirgi paytda har ikki yilda ilmiy axborot massivi ikki barobar ko‘paymoqda.
    Yangi bilimlarni paydo bo‘lishi va ularni hajmini qisqa vaqtda ko‘payishi-texnik taraqqiyotning bosh manbaidir.
    Hozirgi texnik taraqqiyot ilmiy bilishlarni amaliy tatbiqi sifatida amalga oshmoqda.
    Oldinlari stixiyali kashfiyot shaklida sodir bo‘lardi. Oldingi davrlarda texnik taraqqiyot ayrim texnik tuzilmalarni yaratish va undan foydalanishda namoyon bo‘lar edi. Texnologiya deganda texnik qurilmalar bilan ishlashni ketma-ketligini ta’minlash, oraliq va yakuniy maqsadlarni amalga oshiruvchi faollik tizimi prinsiplarini yaratish tushunilar edi.
    Hozirgi texnologiyalar murakkab operasion struktura va tizimlarni o‘z ichiga olib, ularni faoliyati vosita va boshqarish mexanizmlari, intellektual – axborot tizimi bilan ta’minlangan, ularni iqtisodiy ijtimoiy, ekologik oqibatlari oldindan belgilanadi.
    Hozirgi texnologiyalar ko‘p bosqichli jarayon va nihoyatda ko‘p parametrli tizim bo‘lib, ularni boshqarish uchun insonni yordamchisi bo‘lgan intellektual mexanizmlar kerak.
    Fanga asoslangan murakkab texnologiyalar hozirgi zamon fan-texnik taraqqiyotni bosh tarkibiy qismi bo‘lmoqda.
    Alohida-alohida texnik qurilmalar emas, balki ijtimoiy, madaniy intellektual va texnik parametrlarni o‘zida mujassamlashtirgan texnologiyalar fan-texnik taraqqiyotini bosh oqimini belgilab bermoqda.
    Bu esa boshqarish va nazorat funksiyalarini oldingi o‘ringa chiqardi. Bunga ijtimoiy boshqarish va nazoratni murakkablashishi qo‘shildi.
    Ijtimoiy va texnologik jarayonlarni tezlashishi amerikalik professor D.Benigor ta’kidlagan nazorat inqilobi jarayoni vujudga keldi. Nazorat va texnologik inqilob kompyuter inqilobini omili bo‘ldi.
    Kompyuter inqilobi bir qancha texnik va texnologik o‘zgarishlar, mayda inqiloblar tufayli vujudga keldi. Aytaylik sanoat yangi sun’iy materiallar, moslamalar va texnologik tizimlar bilan ta’minlana boshladilar. Xususan, yarim o‘tkazgichlar, chiplar, noana’anaviy materiallar shular qatoriga kiradi. Bulardan tashqari ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida quyidagi mini inqiloblar yuz berdi:
    a) Jamiyatda informatsion inqilobni yuz berishi. Bilishlar massivi har 2 yilda ikki barobar oshib bormoqda. Ijtimoiy hayotni barcha tomoni informatsion tizimlarga biriktirilgan. Bu axborotga inqilobiy tus va miqyos berdi.
    b) Texnologik inqilob texnik tizimlardagi jarayonlarni tezlatdi va ko‘p parametrli hodisa – oqibatlarni yuzaga keltira boshlashda. Inson o‘zini tabiiy qobiliyatlari bilan ularni boshqara olmay qoldi.
    v) Nazorat inqilobi. Nazoratni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan amallar va funksiyalar portlashsimon tarzda sodir bo‘lib, ularni an’anaviy usullar bilan bajarish mumkin bo‘lmay qoldi.
    g) Intellektual faoliyatni texnikalashtirish, texnologik asosga qo‘yish. Hisoblash mehanizmlari EHM va boshqalar ishlab chiqarilishi.
    d) muhandislik tafakkurining taraqqiyoti. Muxandislik tafakkuri hozirgi paytda informatsion texnologiyaga, ijodiy xarakterga ega, yuqori samarali matematik isbotlashga tayanadi. Qayd qilingan omillar kompyuter inqilobining zamini sifatida tayyorlandi.
    Shu bois kompyuter inqilobini kompleks hodisa deyish mumkin, u ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy texnologik yuksalishlarni o‘zida sintez qilib sun’iy aql bilan texnologiyani birlashganini mujassamlashtirdi.
    Postindustrial jamiyatga o‘tayotgan mamlakatlarda boshqarish, nazorat qilish, hisoblash jarayonlari tezlashdi.
    Lekin haqiqiy hisoblash inqilobi texnologik taraqqiyotni mumkin bo‘lgan oxirgi tezlik, hajm va masshtabga kelgandan keyin sodir bo‘la boshladi.
    Kompyuter inqilobi sodir bo‘lgandan so‘ng axborotlarni maxfiyligini, haqqoniyligini, to‘liqligini taminlash masalasi dolzarb muammoga aylandi. Buning natijasida Kriptografiya. Stegonografiya, axborotni shifrlash kabi bir qancha tushuncha va sohalarning vujudga kelishiga olib keldi. Kriptografiya deb, maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand filiali kompyuter falsafasi

    Download 0,72 Mb.