222
6. O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo‘nalishlar
va xaritalar tuzish kerak.
7. Ekoturizm sohasi bilan bog‘liq tashkilotlarga ko‘proq huquqlar, imtiyozli
kreditlar berish, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab
chiqilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga ekoturistlarga nisbatan
huquqiy nazorat ishlarini yengillashtirish bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim.
Vatanimizning ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu
salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasiga tayangan holda oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz
amalga oshirish lozim.