264
Bu kimning nevarasi, alla?
Do‘ppining to‘rt tomoni falakning to‘rt burjidir. Tomonlarga chekilgan naqshlar
burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu do‘ppiga
ega xalq falakka yaqin, mumtoz
xalqdir. Shoir kuylaganidek,
Qayga bormay, boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra dong‘i ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.
Qayga bormay, boshda do‘ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk.
Olam uzra nomi ketgan,
O‘zbekiston, o‘zbegim.
Marg‘ilon do‘ppilarining ta’rifini yurtimizdagina emas, balki xorijiy
mamlakatlarda ham e’zozlanib kelinayotganligiga aminmiz. Marg‘ilon do‘ppilari
Amerika, Kanada, Germaniya, Fransiyadagina emas, balki yashil qit’a hisoblangan
Avstraliyada ham o‘z ixlosmandlariga ega. Buyurtma tarzida tayyorlangan
Marg‘ilon do‘ppilari xorijda istiqomat
qilayotgan vatandoshlarimiz, biznes olami
namoyondalari ham katta qiziqish bilan qaraydi. Yo‘rmado‘zlik Ortiqxon aya,
Munisxon aya, Ominaxon aya,
Xabiba opa, Roziyaxon aya, Adolatxon xoji aya
kabi o‘nlab chevarlarimiz o‘tmishda va hozirgi kunimizda nozik didli xalqimizning
do‘ppiga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirib kelmoqdalar.
Ziyolilar oilasida tavallud topgan (1940 yil) Adolatxon xoji aya G‘ulomova
xondo‘ppido‘zligi hamda milliy liboslar yaratish borasidagi uzoq 50 yillik mehnati
evaziga o‘ziga xos bo‘lgan «Adolatxon maktabi»ni bunyod etdi.
Besh avlod
vakilasi bo‘lgan Adolatxon aya 8 yoshidan boshlab volidai muxtaramalari
Turg‘unoy onalaridan do‘ppido‘zlik saboqlarini egalladilar. Do‘ppining o‘ziga xos
bo‘lgan nozik va bejirim «bodomcha», «Iroqi», «Chor guli» kabi nusxalarini
o‘zlashtirish bilan birga, murakkab shakl va ko‘p qo‘l
mehnati talab qiladigan
«Tayi do‘zi» ni ham o‘zlashtirishga harakat qilib keldi.
265
Do‘ppi baxmal, sidirg‘a shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan
kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan bo‘laklar (tepa, kizak)ga astar yopishtirilib,
mayda nozik chokda qaviladi va mustahkamlanadi. Qaviqlar orasiga paxta yoki
qog‘ozdan pilta uriladi. So‘ng tayyor bo‘laklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak
ya’ni tasma bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan do‘ppilar taxtakachga qo‘yiladi.
Tayyor bo‘lgan do‘ppi bichimiga qarab, murabba, konussimion (dumaloq) shaklga
ega bo‘ladi. Do‘ppi to‘rt qismga bo‘linadi, uning
ikki qarama qarshi qismi
uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi.
Shu holda yangi do‘ppi sal namlanib, bosim tagiga qo‘yiladi, natijada u ma’lum bir
shaklga kiradi.
O‘zbek do‘ppisi - millatimizning fahri, ijodkor xalqimizning qanchadan -
qancha sirli naqshlar, suvratlar tarixini o‘zida
mujassam etgan, chevarlarimizning
mohirona san’at mahsulidir. Ularning qay birini qo‘lingizga olmang, xalqimiz
yaratgan san’at asarining bir butun bo‘lagini tutgandek bo‘lasiz.
(Ekskursantlarga do’ppi turlarini kiyib ko’rishlari va rasmga tushishlari uchun
5 daqiqa vaqt beriladi).