Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

 
 


255 
Ba’zida bu motiv bir vaqtning o‘zida bir nechta timsollarni, masalan, qo‘yning 
buralgan shoxlari va bir-biridan tarmoqlangan juft o‘simlik jingalalarini eslatadi. 
Qadimgi an’analarga ko‘ra o‘zbek qizlari, bo‘lajak kelinchaklar seplari 
uchun har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari shart bo‘lgan. 
Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, qayliq shunchalik yuqori baholangan. 
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta 
tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech, 
so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxaltalarni o‘zlariga tikkanlar. Bezak 
buyumlarning turlaridan: so‘zana, choyshab, zardevor, gulko‘rpa, parda, belbog‘ 
(yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, joynamoz, nimcha, maxsi 
kovush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. O‘tmishda bu kashtalar 
oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi.
(Ekskursantlarga kashtaning bitta gul nusxasini qo’lda tikib ko’rishlari 
uchun 5 daqiqa vaqt beriladi). 
 
4-ob’ekt.Do‘ppido‘zlik namunalari 
Hurmatli ekskursantlar! Do‘ppido‘zlik san’ati kashtado‘zlikning ajralmas 
qismidir. Do‘ppilarga kashtado‘zlik usullari namunalaridan foydalanilgan. 
O‘zbek milliy an’anaviy kiyimlari orasida ko‘rinishi jihatidan kichkina, lekin 
eng qadimiy, ko‘p, keng tarqalgani, bu umriboqiy-o‘zbek do‘ppisidir. U erkaklar, 
ayollar va bolalar milliy kiyimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, xalqning 
hayot tarzi va an’analariga chuqur kirib borgan.
Do‘ppi-yengil bosh kiyimi bo‘lib, islom tarixi va aqidalariga ko‘ra katta 
yoshdagi mo‘min-musulmonlar odatda boshyalang yurmaganlar. Yilning issiq 
fasllarida uyda, ko‘cha-kuyda, mehmondorchilik va ishxonalarda do‘ppi, qalpoq, 
kallapo‘sh deb har joyda har xil ataladigan bosh kiyim kiyishgan.Dastlab Eronda 
va turkiy xalqlarda rasm bo‘lib, keyin boshqa xalqlarga o‘tgan. XIII asrda 
Rossiyada ham paydo bo‘la boshlagan. 


256 

Download 2,73 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish