• Samarqand kashtasi va Buxoro kashtasi namunalari.
  • -ob’ekt.O’zbek milliy kashtachiligi




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

     
    3-ob’ekt.O’zbek milliy kashtachiligi 
     
    Hurmatli ekskursantlar! Sizga ma’lumki, Xiva gilamlari, Nurota kashtalari, 
    Buxoro zardo‘zi buyumlari, Marg‘ilon esa o‘zining shoyi-atlaslari-yu, do‘ppilari 
    va kashtachiligi bilan yetti iqlimga mashhur. O‘zbek milliy kashtachiligiamaliy 
    san’atning eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish 
    istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda
    balki, chet ellarda ham shuxrat qozongan. O‘zbek xalqi ustalari qo‘llari bilan 
    tikkan so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab, do‘ppilari Germaniya, Belgiya, 
    Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy mamlakatlarda 
    mashhur. 


    254 
    12.3-rasm.Samarqand kashtasi va Buxoro kashtasi namunalari. 
    O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiy sharoit muhiti bilan bog‘liq holda barcha 
    hunarlar bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi esa 
    saqlanmagan.
    XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda 
    qadimdan rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida 
    kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga 
    kelishiga asos bo‘ldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida 
    boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtachiligiga nazar solsak, unda hind, xitoy, rus, 
    afg‘on, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligining usul va uslublarini uchratamiz. 
    San’atda har bir millatning o‘ziga xos naqshlari bo‘ladi. O‘zbek 
    kashtachiligida o‘simliksimon, geometrik gul naqshlari ko‘p uchraydi
    .Islom dinida 
    tirik mavjudotlarni tasvirlashning man etilishi o‘z-o‘zidan kashtalarda aksariyat 
    hollarda o‘simliklar, gullarni tasvirlanishiga olib keldi. O‘simliklar tasviri 
    ko‘pincha yorqin rangdagi qushchalar tasviri bilan jonlantirilgan. Qo‘y shoxlari 
    motivi qo‘shaloq spiral qatordan iborat bo‘lib, jiyak yoki hoshiyalovchi bezak 
    sifatida qator barglar shaklida uchraydi. Bu qadimiy motiv ko‘pgina turkiy 
    xalqlarda tarqalgan bo‘lib, u butun borliq, doimiy harakat timsoli hisoblangan. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish