251
12.2-rasm.
Adrasturlari.
Momolarimizsevibkiygan «Bodomnusxa», «Adras», «Nigora», «Parpasha»,
«Qoraatlas», «Bargikaram», «Chaqirim», «Nomozshomgul», «Qorako‘zim»
xonatlasnusxalarihozirgizamonruhigamoslanibqaytadanta’mirlandi.
Natijada,
ko‘pchilik suyib kiyadigan pishiq va puxta matolar yuzaga keldi. Ularning har biri
shunday mahorat bilan ishlanganki, kishi e’tiborini beixtiyor o‘ziga jalb etadi.
Bir xil nusxadagi xonatlas to‘qilib tayyor holga kelgunga qadar 20
xildan
ortiq mehnat jarayonini bosib o‘tadi. Ayniqsa, atlasning xaridorgir chiqishida rang
tayyorlashning ahamiyati katta. Mahalliy xom ashyo ham arzon, ham tabiiy
mahsulotlardan bo‘lgan anor po‘stlog‘i, yong‘oq, shotut, tuxmak daraxtlaridan
olinadigan bo‘yoqlardan tezda o‘ng‘imaydigan, sifatli
rangvorlar tayyorlash
mumkinligini mohir hunarmandlar ota-bobolarimiz tajribasidan foydalanib
o‘zlashtirdilar.
Atlasni dastlab to‘qib chiqargan usta, undagi
naqshlarni quyosh botishi
paytida ufqdagi taram-taram bulutlarning turlicha tovlanishidan olgan, degan
rivoyat bor. Zero «Abr» so‘zi forscha so‘zdan olingan bo‘lib, bulut degan ma’noni
anglatadi. Shu bois ham atlasga gul soluvchi, nusxa yaratuvchiga «Arbandchi»,
ya’ni «Bulut bog‘lovchi» deb nomlanadi.
Ko‘hna Marg‘ilonda qanchadan-qancha ustoz arbandchilar o‘tganlar.
Shulardan
Abdusamad ota, usta Xolmatjon, Muhammadjon Sobirov, Sharifjon
Husanov, Solijon ota Toshpo‘latovlardir.
252
(Ekskursantlarga atlas turlarini tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 5
daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).