• Ekskursiyaning vazifasi
  • Atlas turlari.
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    «Marg‘ilon hunarmandlarmaskani» nomli ekskursiya xizmatining 
    DASTURI 
    Davomiyligi: 3 soat 
    Yo‘lga sarf etiladigan vaqt: Farg‘onadan 10 km uzoqlikda 
    Ekskursiya maqsadi: o‘zbek milliy hunarmandchiligi namunalarini 
    ko‘rsatish
    Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan 
    turistlar 
    Ekskursiyaning vazifasi: Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahri, uning 
    tarixi, mavjud hunarmandchiligi namunalari, rivojlanishi tarixi bilan yaqindan 
    tanishtirish. 
     
    GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
     
    Marg‘ilon- O‘rta Osiyodagi madaniyati gullab-yashnagan eng qadimgi 
    vohalardan biri hisoblanadi. Bu hududda azaldan ko‘plab xalq amaliy san’ati 
    turlari rivoj topgan. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi, noyob gumbazlar ijodkorlari, 
    naqqoshlar hamda atlas to‘qishning mashhur ustalari vatanidir. Bu jihatdan
    Marg‘ilon shahri vodiyda o‘ziga xos o‘ringa egadir. Uning xalqi o‘z 
    mehnatsevarligi, ishbilarmonligi hamda mehmondo‘stligi bilan tarixiy 
    taraqqiyotimizning har bir davrida chuqur iz qoldirib kelmoqda. 


    249 
    2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shaharning 2000 yillik tantanalari 
    o‘tkazildi. 
    Bugungi kunda mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va 
    qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. 
    Davlatimiz rahbarining 2010 yil 30 martda qabul qilingan «Xalq badiiy 
    hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash 
    to‘g‘risida»gi PF-4210-sonli Farmoni bu borada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 
     
    1-ob’ekt. Marg’ilon atlas va adraslari 
    Hurmatli ekskursantlar! Siz Marg’ilon atlaslari bilan yaqindan tanishib 
    olasizlar.Farg‘ona 
    vodiysiga shoyi 
    to‘qish qachon kelganligi noma’lum, 
    lekinBuyuk ipak yo‘lida joylashgan Marg‘ilon aholisi qadimdan ipakchilik va atlas 
    to‘qish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu to‘g‘risida tarixchilar shunday deb yozib 
    qoldirgan: «X asrda Marg‘ilonda to‘qilgan bir darparda uchun Buxoroning butun 
    yer xirojini bersa arziydi». Marg‘ilonlik ipakchilar o‘z mahsulotlarini qadimdan 
    dunyo bo‘ylab namoyish etganlar. 
    XIX asr oxirlarida Rossiyaning ko‘plab shaharlarida bo‘lib o‘tgan sanoat va 
    qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalarida marg‘ilonlik nafis matolar ustasi Muhammad 
    Siddiq Ahmedov kichik kumush medal bilan, ustalar esa bronza medallari bilan 
    taqdirlanganlar.
    Marg‘ilonning shoyi matolari Misr, Eron, Yunoniston va Qashg‘ar 
    savdogarlari tomonidan ko‘plab xarid qilingan. Ipakdan tayyorlangan tayyor 
    mahsulotning eng jozibali, eng maftunkor matosi bu - atlasdir.
    Atlas turlari. Atlas - arabchasiga «tuksiz», «silliq» degan ma’nolarni 
    anglatib, arqog‘i ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan, abr usulida rangbarang naqshlar 
    bilan bezatiladigan bir yuzlama mayin matodir. Atlas to‘qish, undan foydalanish 
    tarixi miloddan avvalgi I-ming yillikning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsada, bu 
    san’atning rivojlanishi va ommalashuvi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Bu davrda 


    250 
    Marg‘ilon atlasining nomi va turlari yetti iqlimga mashhur bo‘lib ketgan edi. 
    Shuning uchun ham shahar-ipak shahri deb nomlangan.
    Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng oliy navi «Sakkiztepki» atlas yoki 
    «Xonatlas» deb yuritiladi. «Xonatlas»ning barcha siri uning to‘qilishida bo‘lib, u 
    sakkiz tepkili dastgohda to‘qiladi. 
    12.1-rasm.Atlas turlari. 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish