259
XIX asr oxiriXX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida do‘ppining
bir nechta
turlari mavjud bo‘lgan. 1940-1950yillarda iroqi nusxa do‘ppilari turli rangdagi
ipak bilan tikilgan bo‘lib, ularga gullar, qushlar va hayvonlar tasviri tushirilgan.
Erkaklar bunday do‘ppilarni bayram va to‘ylarda kiyganlar,
shuning uchun ham
ularni «kuyov do‘ppi», «navro‘z guli» deb ham atashgan.
12.6-rasm.
Qizlar do’ppisi.
Rivoyatga ko‘ra, do‘ppining tepa qismidagi to‘rtta gul erkaklar salomatligini
to‘rt tomondan himoyalab turar ekan.Chetlaridagi o‘n olti gul esa do‘ppi sohibi
yoki sohibasining oilasi katta va ahil bo‘lishi istagini bildirarkan.
Oq matoga
oppoq ipak bilan bezak berlishi erkaklar qalbi pokligi ramzi sanalgan. Shuning
uchun ham o‘zbek xalqi erkak kishining g‘ururi va diyonati uning do‘ppisida deb
bilishadi.
Keyinchalik ayollarning och kumushsimon rangdagi parchadan tikilgan to‘rt
qirrali do‘ppilarining yangi tipi paydo bo‘ldi, uning har bir bo‘lagida gullab turgan
butoqcha tasviri tikilgan. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi
nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti
rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi
yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat. Bunday shakl, ya’ni ochiq
fon Farg‘ona, shuningdek, Toshkent an’analariga to‘g‘ri keladi.
Do‘ppilarda boshqa hayvonlar-tog‘ kiyigi, chayon, qoplonga o‘xshash
tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab
yozuvi kashtaga uyg‘unlashib ketgan. Dono so‘zlar, samimiy tilaklar va hayotiy
260
iboralar do‘ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu
naqsh-yozuvlar bir vaqtning o‘zida ko‘zlarni quvontirish
hamda aqlni peshlash
uchun xizmat qilgan.