• Qalampir nusxali do’ppi. Do‘ppilarning shabpo‘sh
  • -rasm.Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

     
    12.7-rasm.Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar 
    do‘ppisi. 
    Joylarning tabiati kishilar didi, xalq amaliy san’ati usullari ta’sirida 
    do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Viloyatlarning tumanlarida tikiladigan
    Iroqi, Chust do‘ppi, Gilam do‘ppi, Chakma to‘r, Qizil gul, Piptado‘zi, Zardo‘ppi, 
    Guldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppi turlari mavjud. Masalan, Surxondaryo 
    (ayniqsa, Boysunda) va Qashqadaryoda yumaloq, konussimon tuzilishdagi 
    do‘ppilar ipak tolalaridan tikiladi.Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va 
    ipdan) to‘qilgan «gilam do‘ppi» si ham o‘ziga xos. Surxandaryoning Boysunida 
    konussimon-yumaloq shakldagi, «to‘ldirma» deb ataluvchi kashta bilan bezatilgan, 
    chetlariga jiyak va popuk bilan bezak berilgan piltado‘zi do‘ppilar mashhur. 
    Bundan tashqari ushbu hududlarda «Sanama», «Chizma», «Tax’ya», «Chumakli», 
    «Qush» kabi turlari ham bor.
    Buxoroda ularga asosan zardo‘zi kashta bilan bezak berilgan.Buxoro 
    zardo‘zlarining zamindo‘zi ( «Yulduz», «Tovus» va boshqa ) do‘ppilari badiiy 
    jihatdan yuqori baholanadi. Qadimda Buxoro erkaklarining do‘ppilari yumaloq 
    shaklli, chap tomonida popugi bo‘lgan. 


    261 
    Chust, Marg‘ilon, Qo‘qon, Andijon kabi shaharlarda do‘ppilar boshqa 
    hududlardan ancha ilgari yaratilgan. Bugun ko‘pgina hududlar, masalan, 
    Samarqand, Jizzax erkaklarining tepasi baland do‘ppilari aslida vodiydan kirib 
    kelgan. Farg‘ona vodiysida do‘ppi turlari rang-barang bo‘lib, ulardan «Sandali», 
    «Akka ikki so‘m», «Chimboy» va «Surkachekma» kabi do‘ppilardir. 
    Toshkentda «duxoba do‘ppi» mashhur. U «Oq par», «Chorgul» deb ham 
    atalib, sidirg‘a baxmaldan tikiladi. Toshkent va Andijonda biser bilan bezatilgan 
    «Nozik» nomli do‘ppi ham mashhur. 
    Xorazmda do‘ppi deyarli kiyilmaydi. Voha erkaklari asosan chugurma 
    kiyishadi. 
    Demak, do‘ppilarning oltita mahalliy guruhi farqlanadi: toshkentcha, 
    farg‘onacha, buxorocha, qashqadaryocha, surxondaryocha va xorazm-
    qaraqalpoqcha. O‘sha davrlarda do‘ppilar nomiga ular yaratilgan shaharlar nomi 
    ham qo‘shib aytilgan: «Chust do‘ppi», «Qo‘qon do‘ppi», «Shaxrixon do‘ppi», 
    «Marg‘ilon do‘ppi», «Gilam (Shahrisabz) do‘ppi» va b. 
    Farg‘ona do‘ppichiligida «chust» do‘ppilaridan keyin, ularga o‘xshatma qilib 
    marg‘ilon do‘ppilari yaratildi. Do‘ppining tepa qismi to‘rt karjga ajratilib, har 
    karjiga bir dona qalampir nusxa tikilib, asosan qora rangdagi satin va ipak 
    matolardan tayyorlanadi.
    Marg‘ilon do‘ppilarining qalampir nusxasi chust do‘ppisinikiga nisbatan 
    ingichkaroq va kashta tikish usuli bilan farq qiladi. Marg‘ilon xotin qizlari 
    do‘ppilarining o‘ziga xosligi shundaki, ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.
    Bezagidagi asosiy mavzu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil 
    yoki ko‘k rangdagi qush bo‘lib bunday do‘ppilar Farg‘onaning markaziy va 
    g‘arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Do‘ppilarning gullari oq ipak bilan tikilib, 
    gul naqshlari bo‘rtib turadi. Bunday ko‘rinishni hosil qilish uchun naqsh chizig‘i 
    bo‘ylab chok ostidan yo‘g‘onroq xom ipak (to‘shama) to‘shalib tikiladi. Namga 
    chidamli qog‘oz yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga 
    joylanadi. Do‘ppilar «piltado‘zi» usulida tayyorlanib, kizagiga qora paxta va ipak 
    ipdan tayyorlangan «chalma» jiyaklar tikiladi.


    262 
    12.8-rasm.Qalampir nusxali do’ppi. 
    Do‘ppilarningshabpo‘sh deb ataladigan turi ham bor. U tikuv mashinasida 
    yoxud qo‘lda baxyalab tikilgan ip gazlama matodan tayyorlanadi. Shabpo‘shni 
    qishda telpak ostidan yoki tungi bosh kiyimi sifatida kiyishgan.
    Do‘ppi tikish kasbi-do‘ppido‘zlik, do‘ppi tikuvchi ustani esa do‘ppido‘z deb 
    ataganlar. Do‘ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug‘illanib 
    kelishgan, ko‘pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum 
    bir andozani takrorlagan, balki, tez-tez o‘zicha naqsh kompozitsiyasini, uning 
    rang-tusini o‘zgartirgan bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. Shunday qilib, 
    an’analashgan sari bu san’at avloddan avlodga o‘tib, do‘ppilarning kashtalarida 
    rang-barang va betakror naqshlar paydo bo‘lib borgan. O‘zbek kashtachilik 
    san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning 
    o‘ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi 
    hisoblanadi. Do‘ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, 
    olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi.
    Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va 
    unumdorlik ramzi bo‘lgan bodom naqshi kiradi. Ba’zi do‘ppilar ornamentida 
    to‘lg‘anib turgan ilon izi tasvirini ko‘ramiz. Bu tasvir yomonlikdan asrovchi vosita 
    sifatida qaraladi va xalq orasida tumor sifatida bilishadi. Respublikada 
    Marg‘ilonning eng ko‘p tarqalgan do‘ppi bezagi «qalampir guli», «tumor» bo‘lib, 
    poklik hamda ko‘z tegmaslik ramzi hisoblanadi. O‘zbekistonda bolalar, birinchi 
    navbatda yangi tug‘ilgan go‘daklar, shuningdek, ko‘zi yorigan ayollarni yomon 


    263 
    ko‘zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu 
    bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida qo‘llashadi. Do‘ppilardagi pat 
    bog‘lami, qushlar tasviri esadonishmandlik, oqillik ramzidir. 
    Do‘ppining xalqimiz hayotidagi muhim ahamiyatini do‘ppi bilan bog‘liq
    ertak, afsona, rivoyat, naql, maqol, matal, iboralar mavjudligidan ham bilsak 
    bo‘ladi. Xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan iboralarga murojaat qilaylik: 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish