257
qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida do‘ppido‘zlarni ham
keltirgan, shu sababli ular tikkan Do‘ppi iroqi deb nom olgan).
Har bir do‘ppi o‘zining yaratilish uslubiga ega bo‘lib,
ular bir-biridan farq
qiladi. O‘zbekistonda ommaviy bosh kiyimi asosan uch xil shaklga ega, ular
«Kuloh», «
Aroqchin», «Tusdo‘ppi» lardir.
Kuloh- konussimon erkaklar bosh kiyimidir. U asosan darveshlar bosh
kiyimidir. Uning matoxi toq uchburchak parchalaridan bichilib tikiladi. Kuloh
hozir juda kam uchraydi.
Aroqchin- sharsimon do‘ppi bo‘lib, uni asosan keksalar kiyadi.
Toshkentda
sharsimon do‘ppilar bosma, chakmato‘r, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do‘ppi- keng tarqalgan yassi yuzaki do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi Chust
do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta
yuvelir chok uslubi qo‘llaniladi.
Do‘ppi uch qismdan iborat-
tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichiladi),
kizak (gardish shaklida) va
jiyakdan tuziladi. Respublikaning turli joylarida
turlicha
bezatiladi va qismlari birlashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do‘ppining uchta turi mavjud - ya’ni
dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq
do‘ppilar va cho‘zinchoq qalpoqchalar.
Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan:
erkaklar, ayollar, bolalar, qariyalar
uchun kabi turlari bor. Keksa ayollar odatda bu bosh kiyimni kiymaydilar.
Bolalarning do‘ppilari (kulohcha,
qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining
turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk
va sharchalarining kattaligi,
kashtalari, zarlari va tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.