Vnutrennyaya vertikalnaya granitsa – ichki vertikal chegara. Bu buyruq faqatgina ikki va undan ziyod ustunli katakcha (yacheyka) larda ishlaydi.
Diagonalnaya granitsa sverxu vniz – tepadan pastga yo’naltirilgan diagonal chegara o’rnatish. Bu buyruq faqatgina katakcha (yacheyka) da ishlaydi.
Diagonalnaya granitsa snizu vverx – pastdan tepaga yo’naltirilgan diagonal chegara o’rnatish. Bu buyruq faqatgina katakcha (yacheyka) da ishlaydi.
Gorizontalnaya liniya – matn ostiga gorizontal chiziq qo’yish.
Narisovat tablitsu – jadval chegarasini chizish.
Otobrazit setku – jadval ichida setka hosil qilish yoki uni olib tashlash.
Granitsi i zalivka… - Matnga ramkalar va fonlarni (orqa ranglarni) o’rnatish.
«Stili» guruhi
Turli ko’rinishdagi uslublar ro’yxati. Bu buyruq o’z ichiga tayyor (formatlangan) shriftlarni oladi. Bu buyruq tanlangandan keyin ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu yerda:
Soxranit videlenniy fragment kak noviy ekspress-stil... – belgilangan matn fragmentini yangi tezkor uslub sifatida saqlash.
Ochistit format – belgilangan qismdagi har qanday formatni o’chirish. Bunda faqatgina oddiy format qoladi.
Primenit stili... (Ctrl + Shift +S) – biror uslubni qabul qilish.
Izmenit stili – Hujjatda ishlatiladigan matnning uslubini o’zgartirish. Bu buyruq orqali siz matnning yozilish uslubini, rangini hamda shriftini o’zgartirishingiz mumkin.
«Redaktirovaniye» guruhi
1. Nayti. Bu buyruq tanlangandan keyin ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
1.1. Nayti . . . (Ctrl + F) - Butun matnda so’z yoki so’zlar ketma-ketligini qidirib topish buyrug’i. Bu buyruqni tanlaganimizdan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi.
Bu oynaning Nayti satriga qidirish zarur bo’lgan so’zni yozamiz va Nayti dalee tugmasini bosamiz. Natijada ekranda biz qidirgan so’z joylashgan matn qismi ko’rsatiladi va shu so’z tanlangan bo’ladi. Agar shu so’z matnda topilmasa u holda shu haqida ma'lumot bilan oyna ekranda hosil qilinadi.
1.2. Pereyti . . . (Ctrl + G) - Kursorni boshqa varaq, satr, abzas, rasm, jadval va umuman faylning boshqa qismiga o’tkazish. Bu buyruqni tanlaganimizdan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi.
Bu oynaning chap tomondagi qismida o’tmoqchi bo’lgan ob'ektlar turini tanlaymiz. O’ng tomondagi satrda esa shu ob'ekt nomini yoki raqamini ko’rsatamiz. Pastdagi Nazad tugmasi yordamida oldingi ob'ektga, Dalee tugmasi yordamida esa keyingi ob'ektga o’tishni amalini bajaramiz.
2. Zamenit . . . (Crtl + H) - Butun matnda so’z yoki so’zlar ketma-ketligini qidirib topib almashtirish buyrug’i. Bu buyruqni tanlaganimizdan keyin ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi:
Bu oynaning Nayti satriga qidirish zarur bo’lgan so’zni, Zamenit na satrida esa shu so’zni o’rniga yoziladigan yangi so’zni yozamiz va Nayti dalee tugmasini bosamiz. Natijada ekranda biz qidirgan so’z joylashgan matn qismi ko’rsatiladi va shu so’z tanlangan bo’ladi. Agar shu matn qismida so’zni o’zgartirish kerak bo’lsa, u holda Zamenit tugmasini bosamiz. Agar so’zni o’zgartirish kerak emas bo’lsa, u holda Nayti dalee tugmasini bosamiz. Natijada keyingi so’z joylashgan matn qismiga o’tamiz. Agar hujjatdagi barcha so’zlarni yangi so’zga o’zgartirish kerak bo’lsa, u holda Zamenit vse tugmasini bosamiz. Agar hujjatda biz o’zgartirmoqchi bo’lgan so’z topilmasa, u holda shu haqidagi ma'lumotga ega bo’lgan oyna hosil bo’ladi.
|