• (Ctrl + C)
  • «Shrift» guruhi. Shrift (Ctrl + D)
  • Oldingi sahifaga o’tish (Ctrl + Page Down)




    Download 3,49 Mb.
    bet29/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    12. Oldingi sahifaga o’tish (Ctrl + Page Down). Yuqoridagi 10-punktda tanlangan obyektlar bo‘yicha pastga qarab varaqlashni amalga oshirish;
    13. Stroka sostoyaniya (Holat satri). Bu satr yordamida matnning necha varaq va qancha bo‘lim (Razdel) dan iboratligini, nechanchi varaqda turganligimizni aniqlash mumkin. Bundan keyingi holat matnning to‘g‘ri yozilayotganligini tekshirish holatini (Pravopisaniye), qaysi alifboda ishlayotganligingizni, va hujjatning saqlanish jarayonida ham u bilan ishlash imkoniyati yaratilganini ko‘rsatadi.
    14. Oynaning ko‘rinish holatlarini (Razmetka stranitsi, Rejim chteniya, Veb-dokument, Struktura, Chernovik) tanlash amalga oshiriladi (buni Vid menyusida ham bajarish mumkin).
    «Glavnaya» qo’shimcha oynasi. «Bufer obmena» guruhi

    1. Virezat (Ctrl + X) - Belgilangan sohani hujjatidan olib tashlash va xotirada saqlab qo’yish.
    2. Kopirovat (Ctrl + C) - Belgilangan soha nusxasini xotiraga saqlab olish.
    3. Format po obrazsu (Ctrl + Shift + C) – Kursor turgan joy uslubi ko’rinishining nusxasini xotiraga olish. Bu uslub ko’rinishini yangi joyga qo’yish uchun Ctrl + Shift + V tugmalari birgalikda bosiladi.
    4. Vstavit (Ctrl + V) - Kursor turgan joyga xotirada saqlanayotgan ma'lumotlarni qo’yish.
    «Shrift» guruhi. Shrift (Ctrl + D) - Matnga tegishli xususiyatlarni o’zgartirish. Shrift oynasi 2 qismdan iborat:
    1. Shrift - matn shaklini (shriftini), ko’rinishini, kattaligini, rangini, chiziqlar turini va ular rangini hamda har xil qo’shimcha effektlarni (o’chirgan harflar, yuqori yoki pastki belgilar, soyali, bo’rtib chiqqan va bosilgan harflar hamda boshqa effektlar) o’rnatish.
    Matn tekshirilib va tahrirlanib bo‘linganidan so‘ng, uning tashqi ko‘rinishini yaxshilash lozim. Bu ishni Microsoft Wordning formatlashtirish imkoniyatlaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Masalan, matn uchun turli xil shriftlarni ishlatishingiz mumkin, simvollarning turli xil ko‘rinishlaridan (kursiv, to‘q va tagiga chizilgan) foydalanishingiz, turli xil ranglarni ishlatishingiz, simvollar orasidagi masofani o‘zgartirish va ularning o‘lchamini turli xil qilish mumkin. Shrift hujjat harflarining turini aniqlaydi. Garnitura esa matn simvollarining turini aniqlaydi. Bir xil garnitura uchun bir necha xil shriftlar mavjud. Obichniy shablonida (Normal.dot) asosiy shrift 11 punkt kattalikdagi Calibri shrifti hisoblanadi. Punkt – poligrafik o‘lcham birligi bo‘lib, u Evropada 3,376 mm, Amerikada esa 0,353 mm ga teng. Biznes yozishmalarida odatda 12 balandlikdagi shrift ishlatiladi, chunki bu shrift yozuv mashinkalari literiga tengdir. Shrift va uning o‘lchamini tanlash uchun formatlashtirish panelidagi uskunalarni ishlatish mumkin. Lekin ular Format menyusidagi imkoniyatlarning bir qismidir xolos. Formatlashtirishning barcha ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun Shrift muloqot darchasini ishlatish mumkin:

    Undan tashqari, ushbu darchada tanlangan formatlashtirish ko‘rsatkichlari qanday natijalarga olib kelishini pastki qismdagi Obrazes oynasida ko‘rish ham mumkin. True Type mavqeidagi shriftlar ekranda ham chop etilganda ham bir xil ko‘rinishga ega, printer shriftlari esa chop etilgandagina to‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘lib, ekranda sal boshqacharoq ko‘rinadilar. Shriftni o‘zgartirish uchun tegishli matn bo‘lagini ajratish va undan so‘ng shrift turini tanlash kerak bo‘ladi
    Shriftlarni quyidagi besh xil guruhga bo‘lish mumkin:

    • Sans serif turidagi shriftlarga Arial, Helvetica, Tahota va Verdana kiradi. Ular harflarning oxirida kichkina «dumcha» larga ega bo‘lmaydilar.

    • Oddiy shriftlarga Times New Roman, Century, Garamond lar kiradi. Ularning qabul qilish oson.

    • Mono kattalikli shriftlarga misol sifatida Courier New ni keltirish mumkin. Bunday shriftlarning kengligi pechatlash mashinkalarinikiga o‘hshash bir xil bo‘ladi.

    • Qo‘lyozma shriftlarning nomlarida ko‘pincha Script so‘zi bo‘ladi. Ular
      matnning qo‘lyozma ko‘rinishini aks ettiradi. Misol sifatida quyidagilarni
      keltirishimiz mumkin - Brushscript va Lucida Handwriting.

    • Dekorativ shRiftlar odatda sarlavhalarda yoki matnning ajratilab turiladigan qismlarida ishlatiladilar. Ularga misol sifatida Comic Sans MS, Impact va Algebrian larni keltirishimiz mumkin.

    2. Interval - matn xarflar enining foizi, ular o’rtasidagi masofa va satrga qaraganda joylanishi (yuqoriga yoki pastda) ni o’zgartirish.

    Bu yerda:
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oldingi sahifaga o’tish (Ctrl + Page Down)

    Download 3,49 Mb.