|
UNIX va LINUX operatsion tizimlari
|
bet | 26/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3.UNIX va LINUX operatsion tizimlari
MS mahsulotiga mansub bo’lmagan OT lar, UNIX ga o’xshash Linux va Free BSD, QNX larni ko’rib chiqamiz. Biz, UNIX oilasi OT larining arxitektura xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. QNX tizimi esa juda taniqli va eng yaxshi, real vaqt tizimlariga mansubdir.
UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va va ko‘p foydalanuvchili oddiy OT dir. O’z vaqtida, u, dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchiinstrumental tizim sifatida loyixalashtirilgan edi. UNIX ning har xil xususiyatlarga ega bo’lgan versiyalari, uning hiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi, juda kichik operativ xotiraga ega bo’lgan, kompyuterlarda foydalanish mumkin bo’lgan bo’lsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar, assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin bo’lgan, yuqori darajali tilni (stili) ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko’chirib o’tkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega bo’ldi. S tilidan o’tkazuvchi kompilyator, hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi.
Virtual mashina. UNIX tizimi ko’p foydalanuvchilidir. har bir foydalanuvchiga, u ro’yxatdan o’tgandan so’ng, virtual kompyuter beriladi, bu virtual kompyuter hamma zaruriy resurslarga ega: protsessor (protsessor vaqti, doira yoki koruselli, dipetcherlash va dinamik prioritetlardan foydalanib ajratiladi), operativ xotira, qurilma, fayllar.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, UNIX OT i ko’p foydalanuvchili interaktiv tizim sifatida nazarda tutilgan edi. Boshqacha aytganda, UNIX multiterminalli ishlash uchun mo’ljallangan. Ish boshlash uchun, foydalanuvchi o’z kirish paroli va nomini (name, login) kiritadi, bu hol hisobga olingan foydalanuvchi uchun o’rinlidir.
Yangi foydalanuvchini odatda administrator hisobga oladi. Foydalanuvchi o’z hisob nomini o’zgartira olmaydi, ammo o’z parolini o’rnatishi yoki o’zgartirish mumkin. Parollar alohida faylda kodlangan holda saqlanadi.
Albatta, hisobsha olingan foydalanuvchi sifatida ish tutadigan tizim administratori, butun tizimni boshqarish uchun oddiy foydalanuvchiga nisbatan ko’proq xuquqga egadir. UNIX OT da bu hol administrator UID ga yagona nol hiymatini berish bilan yecqiladi, bu foydalanuvchi demak superfoydalanuvcqidir (ya'ni administrator).
Bu foydalanuvchi tizim ustidan to’liq nazoratga egadir. Superfoydalanuvchi uchun resurslardan foydalanishga chegara yo’hdir. Oddiy foydalanuvchilarga fayl o’lchami, bo’linadigan xotira maksimal xajm va x.k.larga chegara ho’yilgan bo’ladi. Administrator bu chegaralarni, boshqa foydalanuvchilar o’zgartirishi mumkin. Administrator ham o’zi uchun oddiy hisob yozuvi tashkil etadi, ammo tizimni administrlash uchun “SU” komandasidan foydalanadi (haytish komandasi esa “exit”).
Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini hondiruvchi shaxsiy kompyuterlar va ishchi stantsiyalar uchun yaratilgan OT dir. Linux bu erkin tarhatiladigan UNIX – tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif hildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi kodday foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq holdirishi shart. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsenziyali tarhatiladi.
Shunday qilib, Linux tizimi ko’p sonli dasturchilar va internet orhali bir-biri bilan muloqot hiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi.
Boshida Linux tizimi, “qo’lbola” UNIX ga o’xshash tizimi sifatida i80 386 protsessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo’ljallangan edi. Ammo keyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko’p komaniyalar qo’llab-huvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operatsion tizimning amaldagi versiyalari deyarli hamma tipdagi protsessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy interfeys va texnalogiyalarni qo’llaydi.
Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’la honli operatsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallel holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi degan so’zdir.
Linux tizimi. UNIX uchun qator standartlar bilan berilgan matnlar darajasida mutanosibdir (sovmestim). UNIX uchun internet orhalierkin tarhatiladigan datsurlar, Linux uchun, amalda kam o’zgartirishlarsiz kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Linux uchun hamma berilgan matnlar, ya'ni yadro, qurilmalar drayverlari, kutubxonalar, foydalanuvchi dasturlari va instrumental vositalar erkin tarhatiladi.
Linux, ma'lumotlarni saqlash uchun turli tipdagi fayl tizimlarini qo’llaydi. EXT2FS kabi fayl tizimi Linux uchun maxsus yaratilgan. M-n, Minix-1 va Xinix kabi fayl tizimlari ham qo’llaniladi. Bundan tashqari, FAT asosidagi faylni boshqarish tizimi amalga oshirilgan, bu esa bu fayl tizimi bo’limlaridagi fayllarga bevosita murojaatga imkon beradi. HPFS, NTFS va FAT32 larga murojaat va fayllarni boshqarish tizimi variantlari yaratilgan.
An'anaviy UNIX tizimlaridagi kabi, Linux bizga ma'lum 3 ta tizimni o’z ichiga olgan mikroyadroga ega.
Free BSD OT i. Linux OT dan tashqari erkin tarzda tarhatiladigan operatsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSD ni ham aytish mumkin. Bu OT lar orasidagi printsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga ko’ra, Linux tizimiga har kim o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u o’zini kodini ochiq holda koldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Ko’pchilik, berilgan matnlar va tayyor yechimlardan foydalanishni hohlaydilar, ammo o’z dasturiy ta'minot sirlarini ochiklari keltirmaydi. Shuning uchun ham, bu OT uchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. har bir kompaniya o’z OT dan tashqari unga o’z installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta to’plamini ho’shadi. Bunda u, o’z tizimiga o’z o’zgarishlarini boshqalar bilan kelishmasdan kiritishi mumkin.
Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT i o’z koordinatoriga egadir, bu koliforniya Berkli universitetidir. hohlagan odam bu OT kod matnlarini o’rganishi va unga o’z o’zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu o’zgarishlar kiritiladigan so’z emas, hatto o’zgarishlar foydali bo’lsa ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor.
Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga o’xshash OT, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro printsipida hurilgan.
Linux tarixi.
Lekin "Maykrosoft" kompaniya tizimlaridan tashkari, boshka tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma’lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bulmasa kerak, birok kupchilik uchun bu mavzu notanish va kandaydir xijolatli bulishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez tarakkiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganligi xech kimga sir emas. Xozirda, xatto yiliga ikki martalab yangilanib chikayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu katorda, Fransiyadan chikayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarkatish tuplami (distributivi) Linuks turdagi operatsion tizim bulib, 2003 yildan boshlab o'zbek tiliga ugirilib kelmokda. "Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va kullab- kuvvatlash markaz"ida yangi operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini kiziktirib, shod etmokda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va ommaviy axborot vositalarda bu haqida xabarlar tarkatilayotgan bir vaktda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida yetarli ravishda yoritilgan emas.
Linuksning poydevori - GNU loyixasidir. Vakt utib, Yuniks XX asrning 80-yillarida kimmatbaxo tijorat mahsulotga aylanib kolgan yedi. Dasturchilar maxfiy guruxlarga bulinib, bir-birlaridan yangiliklarni sir tutishgan. Bu xolatga karshi chikkan Massachusets Texnologik Institutining talabasi va haqeri Richard Stolmen erkin va ochik operatsion tizimni yaratishga kirishadi. Haqerlarning "Barcha ma’lumot erkin va ochik bulishi kerak" degan ma’lum ta’limotining tarafdori Stolmen uzining loyixasiga GNU nomini beradi. GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma’nosi: "GNU - Yuniks Emas" kiskartmasi demakdir. Rekursiv degani - GNU nomi ochilsa, "GNU - Not UNIX" chikadi, GNU kiskartmasi kayta ochilsa yana usha "GNU - Not UNIX" degan ma’no chikaveradi. Bu esa - haqer dasturchilarning nom berishda kandaydir xazil, original usuli buladi. Yangi tizim uchun Yuniks asos kilinib olingan bulsa ham, Stolmen loyixa nomi bilan Yuniksdan jiddiy ravishda farqlanishini ta’kidlamokchi bulgan. U loyixani 1983 yil 27 sentyabrda butun dunyoga e’lon kilgan. E’lonning tulik matnini kuyidagi manzil buyicha kurish mumkin:
http://www.gnu.org/ gnu/initial-announcement.html.
Loyixaning birinchi boskichida Stolmen uz oldiga kup tizimlarda ishlaydigan kompilyator (dastur yotuvchi) yaratish masalasini kuyyadi. Kompilyator - insoniy tilda yozilgan dasturni kompyuter tiliga ugiruvchi dasturdir. Lekin hammaga ayon: kompyuterda oddiy matnni yozish uchun ham muharrir dasturi zarur. Shunday kilib, loyixaning ichida birinchi yaratilgan dastur - Emacs matn muharriri bulgan. Emacs muharriri bilan boshka dasturchilar ham kizikkanlarida, Stolmen xoxlovchilarga pochta orkali dasturni 150 dollar pul evaziga junatgan.
1985 yili Stolmen loyixa mablaFini boshkarish uchun Yerkin dasturiy Ta’minot Fondini (Free Software Foundation - FSF) tashkil kiladi. Bu jamFarma orkali yaratilayotgan dasturlar sotilib, xayr-exsonlar kabul kilinadi va tuplangan mablaFlar loyixani kullab-kuvvatlashda sarflanadi. Shu yerda aytib utish lozim: "erkin va ochik" degani bu - dasturnining kodi ochik va u bilan erkin foydalansa buladi, lekin tarkatilinishi pulli bulishi mumkin.
1980 yillarda paydo bulgan Microsoft operatsion tizimi bilan kurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yetarli kuvvatga ega bulmay Unix turli tizimlarini bunday kompyuterlarda kullab bulmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda usar ekan, bunday kompyuterlar uchun Unix ning turli tizimlari paydo bulishi tabiiy xol bulgan.
1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga uziga xos hissasini kushgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks uz tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o'quv kuroli sifatida ishlatishni tavsiya kiladi. Albatta, Miniks mukammal va benukson operatsion tizim bulmagan, lekin uning dastlabki kodi ochik bulib, Tanenbaumning "Operatsion tizimlar" kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni urganishni xoxlovchilar uchun bebaxo o'quv kullanma bulgan, shuning uchun Yevropa oliygoxlarining talabalari bosh kutarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil urganishgan. Shunday talabalar katori Linus Torvalds bulgan. Linus Benedikt Torvalds (1969 y. tugilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bulib,professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasodifiy inkilobchining xikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish kismini ukiganimdayok, Unix moxiyatiga tushunib , uni kudratli , mustaxkam va guzal operatsion tizim ekanligiga ikror bulganman, hamda usha zaxodiyok Unix ishlay oladigan kompyuter sotib olgim keldi” – deb yozadi. 1991 yili Linus bulib-bulib tulash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini urnatib, mirikib bir oy urganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda kup shikoyatlar paydo buladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma’lumot kirituvchi terminal kismidir. Bu kism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar ukimokchi bulgan. Bu muammoni yechish uchun yosh haqer uzining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan xolda, kompyuterning apparat kismlariga muvofik yangi, mustakil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmokchi bulganligi sababli, yul-yulakay yangi fayl tizimini yaratadi.
Miniks tizimida nafakat masofadan kiritish kismi yomon ishlar, balki ishlayotgan dasturni vaktincha foydalanmasdan, boshka dasturni ishga tushirish imkoniyati ham yuk yedi. Tizimning bu kamchiligini tuFrilash uchun Linusga boshka, haqikatdan yangi operatsion tizim tuzish kerak buladi. Dastlab, u sistemali chakiruvlarini (yangi tizim kismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin ma’lumot yetishmaganli va chakiruvlarni kupligi sababli Linus ishni uddalay olmay, uzining operatsion tizimining yadrosi bilan Internetda erkin tarkatilayotgan bash - buyruklar kobik dasturini ishga tushirmokchi buladi. K,obik dastur ishga tushayotgan vaktda tizimning kerakli kismiga murojaat kilinganda tuxtab kolish sodir bulgan. Bu xolda yosh haqer uzi yaratgan tizimning yetishmovchi kismini aniklab, bartaraf etgan. Natijada, ish juda kizikarli jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida kobik dasturi ishga tushadi. Bu natija juda katta ahamiyatga ega buladi, chunki Linus murakkab kobik dasturini ishga tushirgach, yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga muvaffak buladi. Shunday kilib, yangi operatsion tizimning asoslari tayyor buladi.
1991 yil 25 avgustida Torvalds uzining tajribalari haqida comp.os.minix konferensiyaga xabar beradi. Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani, kanday dasturlar tayyorlaganligi va yana kanday dasturlar kerak bulishi haqida maslaxat surab yozadi. 17 sentyabr kuni esa serverga erkin kuchirish uchun yangi tizimning 0.01 rakamli naklini kuyadi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermokchi bulganda, Ari Lemke ftp serverida boshkalar kuchirishlari uchun kuyilgan tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi.
|
| |