|
Mul’timedia dasturlari paketlari
|
bet | 22/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarMul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish va ishlab chiqish, SHKdan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dasturli vositalardan tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha platalar bilan jihozlanishi mumkin.
SHK uchun multimedia dasturlari SHK hisoblash imkoniyatlarining ancha o‘sishi va optik disklarni ishlab chiqarish sohasidagi katta yutuqlar tufayli nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Gap shundaki, o‘xshash axborotlarni raqamli ko‘rinishda taqdim etishda xotiraning katta hajmlari talab qilinadi: videofilmning bir necha daqiqasi xotiraning yuzlab megabaytini egallaydi. Tabiiyki, bunday katta fayl bilan faqat tez harakat qiluvchi protsessor mavjudligida ishlash mumkin. Bundan tashqari, bunday multimedia-ilovalarning tarqatlishi an’anaviy magnitli disklarda mumkin emas, buning uchun optik kompakt disklardan foydalanish mumkin.
Multimedia dasturlari orasida ikki kichikroq guruhlarni farqlash mumkin. Birinchisi o‘qitish va dam olish uchun mo‘ljallangan paketlarni o‘z ichiga oladi. Ularning turli-tumanliklari juda katta, bu dasturlarning bozori videomateriallarning sifati yaxshilanishi bilan birgalikda doimo kengaymoqda. Masalan, bilimlar sohasi bo‘yicha elektron ensiklopediyalar, xorijiy tillar, biznes, siyosat sohasida elektron o‘qituvchilar, ish va sarguzasht o‘yinlar yaratilmoqda hamda sotilmoqda.
Ikkinchi guruh multimedia tasavvurlari, namoyish qiluvchi disklar va stendli materiallar yaratish videomateriallarni tayyorlash dasturlarini o‘z ichiga oladi.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari — grafik tasvirlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq dasturlar paketlarining o‘zgacha turli-tumanligidar. Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida konstruktorlik ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu paketlar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega:
foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo‘lib ishlashi;
fayllarning barcha imkon bo‘lgan formatlarda eksporti-importini;
ob’ektlarni masshtablashtirish;
ob’ektlarni guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o‘lchamlarini o‘zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish;
qaytadan chizish (fonli, qo‘lda, uzilgan holda);
fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;
egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko‘p burchaklarni chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik vositalaridan foydalanish, alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish va h.
ranglar bilan ishlash;
ayrim tadbirlarni kiritilgan makrotillardan foydalanish bilan avtomatlashtirish.
|
| |