|
Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari
|
bet | 19/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarDasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari
Dasturiy ta’minotning (DT) imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanish maqsadida AIJ ishini tashkil qilishni takomillashtirish, foydalanuvchi ishini unumdorligi va sifatini oshirish, foydalanuvchining dasturlarini aniq muammo sohaning rusurslariga moslashtirishga imkon beradi.
Umumiy DTning asosiy belgilanishi — amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularni bajarilish jarayonini boshqarishdir.
AIJning maxsus dasturiy ta’minoti odatda noyob dasturlar va amaliy dasturlarning vazifaviy paketlaridan iborat bo‘ladi. AIJning aniq ixtisoslashuvi vazifali DTga bog‘liq. Maxsus DT AIJni qo‘llanish sohasi, foydalanuvchi tomonidan yechiladigan vazifalarni hisobga olib, u axborotlarni ishlab chiqishining o‘xshash xususiyatlariga ega vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan dialogli tizimlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida yaratilishi kerak.
AIJni dasturiy ta’minoti foydalanuvchining talablariga muvofiq, aniq qo‘llanishga moslashish va sozlanish xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. AIJning maxsus DT tarkibiga kiruvchi amaliy dasturlar paketlarining asosiy qo‘llanilishi matnlarni ishlab chiqish, ma’lumotlarni jadvalli ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini boshqarish, mashinali va ish grafikasi, «inson-mashina» dialogini tashkil qilish, kommunikatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va tarmoqlarda ishlashdan iborat bo‘ladi.
Axborotlarni ishlab chiqishning bir necha vazifalari — jadvalli, grafikli, ma’lumotlar bazasini boshqarish, bir dasturli muhit doirasida matnli ishlab chiqishni amalga oshiruvchi ko‘p vazifali integratsiyalashgan paketlar AIJda samarali bo‘ladi.
Integratsiyalashgan paketlar foydalanuvchilar uchun qulaydir. Ular yagona interfeysga ega, ularga kiruvchi dasturiy vositalar ulanishini talab qiladi, vazifalarni yechishning yetarlicha yuqori tezligiga egadir.
Amaliy dasturlar paketi
Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi SHKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyingi aniq yo‘nalishda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko‘pgina paketlar integrapiyaning shaxsiy vositalariga ega. Paketni ishlab chiqish operatsion tizimning zamonaviylashtirilishini talab qilmasligi kerak. Bu boshqaruvchi dasturlarning ishiga ham tegishlidir.
Barcha ADPni uch guruhga bo‘lish mumkin: operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar; umumiy belgalanishdagi paketlar; ABTda ishlashga mo‘ljallangan paketlar.
Operatsion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar turli xil konfiguratsiyalarga ega SHKning faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Ularga namunaviy konfiguratsiyalarga ega ko‘p mashinali majmualar, dialogli tizimlar, vaqtning real ko‘lamida ishlash uchun tizimlar, uzoqlashtirilgan paketli ishlab chiqish ishini ta’minlovchi paketlar kiradi.
Umumiy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketlari qo‘llanishlarning quyidagi keng doirasi uchun dasturlar majmuini o‘z ichiga oladi: alfavit-raqamli va grafik displeylar, graf kirituvchilar, dasturlash tizimlari, maxsus tillar uchun dasturlash tillari hamda ilmiy-texnik hisob-kitoblar, matematik dasturlash, materiallarni ishlab chiqish, modellashtirishning har xil turlari, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasining vazifalarini hal qilish va hokazolar.
ABTda ishlashga mo‘ljallangan paketlar ma’lumotlar banklarini ishlab chiqishning umumiy maqsadli tizimlari uchun dasturlar majmuasini, umumiy belgilanishdagi axborot-qidirish hujjatlarni ishlab chiqish tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Amaliy dasturlar paketi dasturiy ta’minlanishning eng dinamik rivojlangan qismidir. ADP yordamida hal qilinayotgan vazifalar doirasi doimo kengaya boradi. Kompyuterlarni amalda faoliyatning barcha sohalariga tadbiq etish ko‘proq ADPning yangilari paydo bo‘lishi va mavjudlarining takomillashuvi tufayli mumkin bo‘ladi.
O‘z vazifaviy imkoniyatlari bo‘yicha qudratliroq kompyuterlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi mikroelektronika sohasidagi yutuqlar yangi ADPning yaratilishiga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida, foydalanuvchi aniq vazifalarni hal qilishda ishlatadigan ta’riflarni yaxshilash zaruriyati kompyuterlar va periferiyali qurilmalarning arxitekturalari, elementli bazalarini takomillashtirishni rag‘batlantiradi.
Paketlarning har biri tashkil qilish o‘z muammolariga, ishlab chiqish va yaratishning o‘z qiyinchiliklariga ega. Har bir paket SHK va uning belgilanishiga muvofiq dasturlashning aniq tilida paket va tilning imkoniyatlari oldiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keltirilgan dasturda o‘yin dasturlari keltirilmagan, ular avtomatlash-tirish, kasbiy faoliyat uchun vosita bo‘lmaydi va dam olish uchun mo‘ljallangan. Tarjimonlar, orfografiya, elektron lo‘g‘atlar dasturlarining yo‘qligi bu dasturlar matnining muharriri, namoyish (prezentatsiya) ko‘rinishidagi ADPga vazifaviy qo‘shimcha bo‘lganligi bilan bog‘liq. Bu dasturlarni amaliy dasturlar paketlari tarkibiga kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Mavjud ADP axborotlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq inson faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. ADPni rivojlantirish va takomillashtirish ilgarilab boradigan jarayon, shu bois imkoniyatlari hozirgi paketlarning yutuqlaridan o‘tib ketuvchi yangi ADPlar paydo bo‘lishi kutilmokda.
Muammoviy yo‘naltirilgan amaliy dasturlar paketi
Muammoviy-yo‘naltirilgan ADPlar — amalga oshirilayotgan xizmatlar jarayonida eng rivojlangan va miqdori bo‘yicha ADP yaratilgan paketlarining ko‘p sonli qismidir. U o‘z ichiga quyidagi muammoviy-yo‘naltirilgan dasturli mahsulotlarni oladi: matnli protsessorlar, nashriyot tizimlari, grafik muharrirlar, nomaishiy grafika, multimedia tizimlari, loyihalashti-rishning avtomatlashtirilgan tizimlari DT, ishni tashkil qiluvchilar, elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar), ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, alomatlarni bilish dasturlari, moliyaviy va tahliliy-statistik dasturlar.
|
| |