Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 3,49 Mb.
bet16/81
Sana07.06.2024
Hajmi3,49 Mb.
#261130
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Monitorlar. Monitorlar (displeylar) matnli va grafikli (chizmali) axborotlarni ekranga chiqaradi. Monitor, xuddi televizor kabi kineskop (elektron-nurli trubka) yordamida tasvirni shakllantiradi.
Monitorlar tasvirni yuqori darajada aniq qilib ko‘rsatadi, u videokontrollerdan tayyor holda videosignal oladi.
Monitorlar quyidagicha bo‘ladilar:
 rangli va monoxromli. Rangli monitorlarda tasvir qizil, yashil va ko‘k rangdagi lyuminoforning yaltiroq nuqtalari bilan aks ettiriladi. Mono-xromli monitorlarda bir xil rangdagi lyuminofor nuqtalari bilan aks ettiriladi;
 monitorlar turli o‘lchamda, ko‘pincha, 14 dan 21 dyuymgacha bo‘ladi;
 turli xil masofali. Masofa uzunligi, ko‘pincha, monitor sifatini va u ko‘rsatayotgan tasvirning aniq-ravshanligini bildiradi. Masofa qancha qisqa bo‘lsa, sifat shuncha yuqori bo‘ladi.
Videokontrollerdan monitorga uzatiladigan videosignal tasvirni rangli nuqtalarning to‘g‘ri burchakli to‘riga o‘xshash ravishda tasvirlaydi. Nuqtalarning gorizontal va vertikal bo‘yicha soni - monitor imkoniyatini bildiradi. Monitor imkoniyati qancha yuqori bo‘lsa, ekrandagi tasvir shuncha ravshan bo‘ladi.
Monitor qabul qiladigan video signalni nuqtalar qatorini birin-ketin chiqargan holda qator bo‘yicha aks ettiradi.
Nuqtalarning bir qatoridan keyingi qatoriga o‘tishda va nuqtalarning yuqori qatoriga qaytishda videokontroller monitorga maxsus boshqaruv signalini beradi. Boshqaruv signallari chastotasi (har sekundga bo‘lingan soni) - qatorlar chastotasi yoki gorizontal yozish chastotasi deyiladi.
Nuqtalarning yuqori qatoridagi tasvirga o‘tish zarurligini ko‘rsatuvchi boshqaruv signallari chastotasi - kadrlar chastotasi yoki vertikal yozish chastotasi deyiladi.
Qatorlar chastotasi faqat videokontrollerning monitor bilan kelishu-viga xos, kadrlar chastotasi insonga xos, chunki ko‘pincha ekranda tasvir yangilanishini ko‘rsatadi.
Ko‘zlar charchab qolmasligi uchun kadrlar chastotasi 75 Gsdan kam bo‘lmasligi kerak.
SHKda 640x480, 800x600, 1024x768, 1600x1200 monitor imkoniyatlaridan foydalaniladi.

Download 3,49 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Download 3,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 3,49 Mb.