• 5-Mavzu: ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLARNING TAVSIFI Reja
  • Operatsion tizimning boshlang‘ich yuklanishi
  • Servisli dasturiy ta’minot




    Download 3,49 Mb.
    bet24/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Servisli dasturiy ta’minot

    Servis dasturiy ta’minot - foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar majmuidan iborat. Servis dasturlar asosan kompyuter va operatsion tizimning ishlashi, xavfsizligi va uzoq xizmat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan.
    Biroq, funsional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini quyidagicha bo‘lish mumkin:
    - foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
    - ma’lumotlarni buzish va qoidasiz kiritishlardan himoya qiluvchilar;
    - ma’lumotni qayta ishlovchilar;
    - disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
    - virusga qarshi vositalar.
    - ma’lumotlarni arxivlash vositalari.


    5-Mavzu: ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLARNING TAVSIFI
    Reja:

    1. Operatsion tizim tushunchasi.

    2. WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy tushunchalar

    3. UNIX va LINUX operatsion tizimlari

    Tayanch so’z va iboralar. Operatsion tizim, WINDOWS, Darcha, UNIX, LINUX,

    1. Operatsion tizim tushunchasi.

    Operatsion tizim (OT, (operating system)) kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbalarini, qo‘shimcha qurilmalarning ishini bajaradi.

    Operatsion tizim kompyuter ishga tushurilishi bilan yuklanuvchi dastur bo‘lib, bu dastur foydalanuvchiga shaxsiy kompyuter bilan muloqot qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, uning barcha qurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardagi ma’lumotlarni ukish, yoki axborotlarni disketlarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushurish va shu kabi turli ishlarni amalga oshiradi.


    Shunday qilib operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning baja-rishi va umuman bilishi ham kerak bulmagan zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolis etish, kompyuter bilan muloqot qilishda qulayliklar yaratishdir.
    Dunyoda juda kup kompyuter modellari bo‘lib ularning birontasi ham operatsion sistemasiz ishlamaydi.
    Operatsion tizim shunday dasturki, u kompyuter yoqilishi bilan foydalanuvchi bilan muloqotga keladi, kompyuterni boshqaradi, operativ xotira va magnitli disklardagi joylarni nazorat qiladi, lozim bo‘lgan dastur va buyruqlarning bajarilishini ta’minlaydi.
    OT dasturlarni operativ xotiraga ko‘chiradi, bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo‘lgandan keyin operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
    Bu komandalar asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish, ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Operatsion tizimlar (OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqaradi va apparat vositalar bilan foydalanuvchilar orasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. Operatsion tizimning asosiy vazifalaridan biri axborotlarii kiritish - chiqarish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni boshqarishdir. Operatsion tizim kerakli axborotni kompyuter xotirasiga kiritadi va uning bajarilishii kuzatadi; turli hisoblashlarga xalaqit beruvchi vazifalarni tahlil qiladi, kiyinchiliklar paydo bo‘lganda ularni yechish yo‘llari haqida ko‘rsatma beradi.
    OTlar asosiy funktsiyalari:

    • foydalanuvchidan (yoki tizim operatoridan) ma'lum tilda tuzilgan komanda yoki topshiriqlarni qabul qilish va ularga ishlov berish. Topshiriqlar operatorlar, matn ko’rsatmalari (direktivalar) yoki monipulyator (m-n sichhoncha yordamida) bajariladigan ko’rsatmalar yordamida beriladi. Bu komandalar, avvalambor, dasturlarni ishga tushirish (to’xtatish, to’xtatib turish) bilan bog’liqdir, fayllar ustidagi amallar (joriy katalogda fayllar ro’yxatini olish, u yoki bu faylni yaratish, nomini o’zgartirish, nusxasini olish, joyini o’zgartirish va x.k.) bilan bog’liqdir, umuman olganda boshqa komandalar ham mavjuddir;

    • ijro qilinishi kerak bo’lgan dasturlarni operativ xotiraga yuklash;

    • xotirani boshqarish, aksari barcha zamonaviy tizimlarda esa virtual xotirani tashkil etish;

    • barcha datsur va ma'lumotlarni identifikatsiya qilish;

    • dasturlarni ishga tushirish (unga boshqaruvni uzatish, natijada protsessor dasturni boshqaradi);

    • bajarilayapgan ilovalardan kelayapgan turli so’rovnomalarni qabul qilish va bajarish. OT juda ko’p sonli tizimli funktsiyalarni (servislarni) bajara olishi mumkin, ular bajarilayapgan ilovalardan so’ralishi mumkin. Bu servislarga murojaatlar ma'lum qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi mumkin, bu esa o’z navbatida bu OTning amaliy dasturlash interfeysini aniqlaydi (Application Program Interface, API);

    • barcha kiritish-chiqarish amallariga xizmat qiladi;

    • ayllarni bohsharish tizimlari (FBT) ishini va/yoki ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) ishini ta'minlash, bu esa o’z navbatida butun dasturiy ta'minot samarasini keskin ravishda oshiradi;

    • multidasturlash rejimi, ta'minlash, ya'ni bitta yoki bir nechta dasturlarni bitta protsessorda parallel bajarilishni tashkil etish-bu esa ularni bir vaqtda bajarilishi tasavvurini hosil qiladi;

    • berilgan xizmat qilish distsiplinalari va strategiyalariga asosan masalalarni rejalashtirish va dispecherlashtirish;

    • bajarilayapgan dasturlar orasida ma'lumotlar va ma'lumotlar almashish mexanizmini tashkil etish;

    • Tarmoq OT lari uchun, bog’langan kompyuterlar orasidagi muloqotni ta'minlash funktsiyasidir;

    • bitta dasturni boshqa dastur ta'siridan himoya qilish, ma'lumotlarni saqlanishini ta'minlash, operatsion tizimni o’zini kompyuterda bajarilayapgan ilovalardan himoyalash;

    • foydalanuvchilarni autentifikatsiya va mualliflashtirish(ko’pgina diallogli OT uchun). Autentifikatsiya – foydalanuvchi nomi va parolini hayd yozuvidagi hiymatga mosligini tekshirish. Agar foydalanuvchi kirish nomi (login) va uning paroli mos kelsa, demak u o’sha foydalanuvcqidir. Avtorlashtirish (mualliflashtirish) degani, autentifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchiga ma'lum xuquq va imtiyozlar berilib, u kompyuterda nima hila olishi mumkin yoki nima hila olmasligini aniqlaydi;

    • real vaqt rejimida javob berish vaqti hat'iy chegaralirini hondiradi;

    • foydalanuvchilar o’z daturlarini ishlab chiqishda foydalanadigan dasturlash tizimi ishini ta'minlash;

    • tizimni qisman ishdan chiqishi holatida xizmat ko’rsatish;

    Ushbu funktsiyalardan tashqari OT larda quyidagilar ham muhim funktsiyalar deb e’tirof etilgan:



    • kengaytirilish ;

    • ko‘chirish ;

    • ishonchlik ;

    • tezllik .

    OT, kompyuter apparat ta'minotini foydalanuvchilar amaliy dasturlaridan ajratadi. Foydalanuvchi ham, uning dasturi ham kompyuet bilan OT interfeys orqali o’zaro aloqada bo‘ladi.


    Operatsion tizimning boshlang‘ich yuklanishi
    OT yuklanishi quyidagi xollarda avtomatik tarzda bajariladi:

    1. kompyuter yokilganda;

    2. "RESET" tugmachasi bosilganda;

    3. [Ctrl], [Alt], [Del] tugmachalar birga bosilganda.

    Qoidaga ko‘ra, OT qattik diskda ta’minlovchi firma tomonidan yozilgan bo‘ladi.
    Tizim yuklanishi boshida kompyuter doimiy xotirasidagi qurilmalar tekshiri-ladi. Agar xatolik bo‘lsa, xato kodi beriladi. Xatolik murakkab bulmasa, "F1" tugmachasi bosiladi. Aks holda kompyuterni maxsus texnik mutaxassislarga ko‘rsatish lozim.
    OT yuklovchisi dasturi o‘qilgandan keyin bu dastur kompyuter xotirasiga OT modullarini ko‘chirib, ularga boshqaruvni topshiradi.
    Shu bilan, kompyuterni yuklash jarayoni tugaydi va OT buyruqlarni kutadi.

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




    Download 3,49 Mb.