|
Elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar) —
|
bet | 21/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarElektron jadvallar (jadvalli protsessorlar) — tashkil qilingan ma’lumotlarni jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan dasturlar paketi. Foydalanuvchi paket vositalari yordamida har xil hisoblashlarni amalga oshirishi, grafiklarni berishi, ma’lumotlarning kirish/chiqish formatlarini boshqarishi, ma’lumotlarni birga yig‘ish, tahlilli tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Ishlarni tashkil qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki uning tarkibiy bo‘linmasini turli resurslar (vaqt, mablag‘, materiallar)dan foydalanishni rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturlar paketlaridir. Ushbu sinfdagi paketlarning ikki turini ajratish maqsadga muvofiqdir: loyihalarni boshqarish va alohida inson faoliyatini tashkil qilish.
Birinchi turdagi paketlar tarmoqli rejalashtirish va loyihalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Foydalanishda ancha oddiy va qulay bo‘lgan bu dasturli vositalar har qanday kattalik va murakkablikdagi loyihalarni tez rejalashtirishga, inson, moliya va moddiy resurslarni samarali taqsimlashga, ishning muvofiq jadvalini tuzishga va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Ikkinchi turdagi paketlar ishbilarmon kishilarning o‘ziga xos elektron yordamchilaridir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni yaratish, saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ko‘pgina mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Kompyuterlar va operatsion tizimlarning har xil sinflari uchun ma’lu-motlar ishlab chiqish usuli ularning formati, so‘rovlarni shakllantirish turi bo‘yicha farqlanuvchi ko‘pgina MBBTni ishlab chiqqan.
Namoyish qilish grafiklarining paketlari ba’zi bir tahliliy tadqiqotlar natijalarini ko‘rgazmali va dinamik shaklda taqdim etishga qaratilgan ishga tegishli axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo‘ladi. Ushbu turdagi paketlar bilan ishlash quyidagi chizma bo‘yicha quriladi: taqdim etishning umumiy rejasini ishlab chiqish, elementlarni rasmiylashtirish uchun andoza tanlash, matn, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, tovushli effektlar va videokliplar kabi elementlarni shakllantirish va import qilish. Dasturlar ishlashda oson va qo‘shimcha o‘rnatishni deyarli talab qilmaydigan interfeys bilan ta’minlangan.
|
| |