• Shift»
  • Ctrl», «Alt», «Shift»
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 3,49 Mb.
    bet17/81
    Sana07.06.2024
    Hajmi3,49 Mb.
    #261130
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
    Bog'liq
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar

    Videokontrollerlar - bu kompyuterning videosignalni shakllantirishni ta’minlaydigan elektron chizmasidir. U kompyuterning tizimli shinasi yechiladigan joyga qo‘yiladigan maxsus plata shaklida bajarilishi mumkin, biroq tizimli plata tartibiga ham kirishi mumkin. Videokontrollerlar matnli tartibda ishlagani kabi, grafikli tartibda ham ishlashi mumkin.
    Rangli monitorlarRangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:
    • kompozitli rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta’minlaydi, lekin ancha past o‘tkazish qobiliyatiga egadir;
    • rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-xavo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o‘zining simi ishlatiladi, kompozitlida esa — uchchala rang signali bitta sim bo‘ylab boradi);
    • RGB—monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.
    Uch turdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Giafics System) keng qo‘llaniladigan SHKning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi e’tiborga loyiqdir.
    Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan nim ranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan eng katta o‘tkazish qobiliyatiga «paper white» turidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar ega (ko‘pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA turidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o‘tkazish qobiliyati 1600x1200 pikseldan ortadi. 

    Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar


    Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD — Liquid Cristal Display) — bu raqamli tekis monitorlardir (4.9-rasm).
    Bu monitorlar maxsus, me’yoriy sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir elektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi, qutblanish va yorug‘lik nurlarining sinish koeffitsiyentlari o‘zgaradi. Ana shu effektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzilish jihatdan bunday displey ikkita elektr o‘tkazuvchan shisha plastina ko‘rinishda bajarilgan bo‘lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqlikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday ekranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yorug‘lik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuoressent lampalar yoki elektrolyuminessentli panellar ishlatiladi.
    SKI aktiv va passiv matritsali bo‘ladi. Passiv matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matritsada esa ekranning har bir elementi uchun o‘zining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba’zida TFT-ekranlar deb ataladi (TFT — Thip Film Transister, yupqa plyonkali tran­zistor).
    Klaviatura. Klaviatura axborotlarni SHKga kiritish uchun mo‘ljallangan. Shuni ta’kidlash lozimki, hozircha klaviatura SHKdan foydalanuvchi tomonidan alfavitli va raqamli axborotlarni SHKga kirituvchi asosiy moslama hisoblanadi. Klaviaturaning yuqori registrida joylashgan yozma harflarni va boshqa ramzlarni kiritish uchun «Shift» klavishi berilgan. «CapsLock» klavishi yozma harflarni fiksatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
    Klaviaturaning yuqori qismida «F1», «F2», ... , «F12» funksional klavishlari bloki joylashgan. Ushbu klavishlardan foydalanish tartibi dastur va operatsion tizim bilan belgilanadi. Ko‘pincha dasturlar funksional klavishlarining «Ctrl», «Alt», «Shift» klavishlari bilan kompbinatsiya qilish uchun u yoki bu vazifalarni belgilaydi.
    Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv mashinkasidagi joylashishiga mos keladi. Lotin harflari klaviaturada harfli klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf ketma-ketligi bo‘yicha nomlangan — QWERTY standarti bo‘yicha joylashgan.

    Download 3,49 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 3,49 Mb.