|
Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi.
Printer
|
bet | 15/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlarKlaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi.
Printer - SHKdan chiqariladigan axborotlarni qog‘ozga chop etib chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Monitor - displey ekrani bo‘lib, unda SHKda bajarilayotgan ishlar, buyruqlar, axborotlar, ular bilan vizual tanishish va kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv, adreslar va ma’lumotlar shinalari magistral shinalar bo‘lib, mikroprotsessor bilan ulanuvchi qurilmalarni ulash va mos ravishda buyruq va axborotlarni qurilmalar va MP orasida ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Ular juft-juft simlarning to‘plami sifatida magistral tarkibi shaklida yasalgan. Shinalarning umumiy miqdori - 56 juft simlar to‘plamidan iborat. Shundan boshqaruv shinasi 20 juft simdan, adreslar va ma’lumotlar shinalari mos ravishda 18 juft simlardan iborat. Magistral shinalarning yuklama quvvati bir vaqtning o‘zida ketma-ket MPga 8 ta qurilma ulanishiga kuchi yetadi. SHKlarning sifati va narxi MPning turi, tezligi, yordamchi soprotsessorlarning mavjudligi (soni), tezkor va tashqi xotiralar sig‘imi, shuningdek, MP tarkibidagi taktli chastotalar generatorining tezligi bilan belgilanadi.
Qo‘shimcha tashqi qurilmalar SHKning tizimli blokidan tashqa-rida joylashadi. Bular - printer, sichqoncha, djoystik va boshqa qurilma-lardir.
Tizimli blok ichiga joylashtiriladigan qo‘shimcha ichki qurilmalarga modem yoki faks-modem, kompakt disklar uchun diskovod, strimmer va boshqalar kiradi.
Boshqa turdagi SHKlar bilan moslashuvchan qurilmalar ishini boshqarish uchun turli xil usullarda ulanadigan elektron sxemalar-kontrollerlardan foydalaniladi.
3.Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari.
Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: Skaner - bu ma’lumotlarni qog‘ozli hujjatdan bevosita SHKga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotlarni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko‘chirish apparatiga o‘xshab, qog‘ozli Hujjatning tasviri nusxasini qog‘ozda emas, balki elektron ko‘rinishda yaratadi — tasvirning elektron nusxasi yaratiladi . Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo‘g‘ini va istalgan «elektron stol»ning kerakli elementidir. O‘z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotlarni qog‘ozli hujjatlardan SHKga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog‘ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo‘yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo‘ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‘qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar kul rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o‘qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug‘lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va hatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
|
| |